Get Mystery Box with random crypto!

#JARAYON Qurilish sohasida ochiq va shaffof nazorat o‘rnat | QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

#JARAYON

Qurilish sohasida ochiq va shaffof nazorat o‘rnatiladi

Xabar berganimizdek, hududlar bo'ylab “Korrupsiya-rivojlanishimizga toʻsiq” mavzusida seminarlar o‘tkazilmoqda. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi boshchiligida Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Farg'ona, Andijon va Namangan viloyatlarida tashkil etilgan seminarlarda hududiy boshqarma rahbariyati va xodimlari ishtirok etishdi.

Seminarda vazirlikning Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i J.Fayziyev tomonidan “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5177-sonli Qaror hamda “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6257-sonli Farmonning mazmun-mohiyati haqida atroflicha mulohaza yuritildi.

Shuningdek, sohada korrupsiyani keltirib chiqaruvchi ayrim omillar haqida so‘z bordi. Tizimda ochiq va shaffof nazorat o‘rnatilishi qurilish obyektlarida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan hodisalarning bevosita oldini olishga xizmat qilishi alohida ta'kidlandi.

O‘z navbatida bildirilgan fikr va xulosalar asosida mavjud muammolarni bartaraf qilish hamda sohani tubdan takomillashtirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqishga kelishib olindi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|