Get Mystery Box with random crypto!

#MUNOSABAT Kun.uz saytida e'lon qilingan 'Yoʼlsiz yoʼlovchi | QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

#MUNOSABAT

Kun.uz saytida e'lon qilingan "Yoʼlsiz yoʼlovchilar — trotuarni ham egallayotgan quruvchilar qachon standartlarga amal qiladi?" mavzusidagi maqolada poytaxtimiz hududlarida amalga oshirilayotgan qurilish maydonlari atrofidagi holat keskin tanqid qilingan. Haqiqatdan ham maqolada ko'rsatilgan holatlar o'rinli. Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi mazkur holatlarni manziliga chiqqan holda o'rgandi va mas’ullarga mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tushuntirish ishlarini olib bordi.

Xususan, ko'rsatib o'tilgan obyektlar atrofi joyida tozalanib, tartibga keltirildi. Havoga chang ko'tarilmaslik choralari ham ko'rilib, asfalt yo'lga zarar yetkazilgan joylar to'g'irlangan va trotuarlar piyodalar o'tishi uchun qulay holatga keltirildi. Biz OAV va umuman keng jamoatchilik tomonidan sohaga oid ko'tarilgan barcha muammolar yechimiga xayrixohmiz va odamlarning fuqarolik pozisiyasini yuksak qadrlaymiz. Nazorat ishlari hududlar bo'ylab davom etadi.

Yuqorida ushbu holatlarning avvalgi va hozirgi ko'rinishi aks etgan.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|