Get Mystery Box with random crypto!

Minfin

Telegram kanalining logotibi minfinuzb — Minfin M
Telegram kanalining logotibi minfinuzb — Minfin
Kanal manzili: @minfinuzb
Toifalar: Iqtisodiyot
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 193
Kanalning ta’rifi

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Telegramdagi rasmiy kanali
Web: https://mf.uz
FB: fb.com/minfinuzb
IG: instagram.com/minfinuzb
Admin: @MoliyaPress

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 8

2022-10-11 20:11:44
O'zbekiston Respublikasi kapital bozorining 2022-yil 11-oktabr holati bo'yicha tahliliy ma'lumotlar
#kapitalbozori #capitalmarkets
2.1K viewsMoliyaPress, 17:11
Ochish/sharhlash
2022-10-11 17:24:00
Ҳар бир маҳалла ўзининг муаммосини мустақил ҳал этиши учун келгуси йилдан “Маҳалла бюджети” тизими жорий этилиши айтилди.

Келгуси йил 1 январдан бошлаб ҳар бир вилоятнинг биттадан туманида тажриба тариқасида аҳолининг мол-мулк ва ер солиғини ундириш маҳалланинг ўзига ўтказилади. Бунда:

- ундирилган мол-мулк ва ер солиғи маҳалла бюджетида қолади;

- ҳар йили 1 февралга қадар ҳокимлар маҳалла раиси ва ҳоким ёрдамчилари билан бирга маҳалла бюджети ҳисобидан ҳал қилинадиган лойиҳалар рўйхатини туман Кенгашларига тасдиқлаш учун киритади;

- келгуси йил якунида ушбу тажриба барча ҳудудларда жорий қилинади.

Facebook|Instagram|Twitter
779 viewsMoliyaPress, 14:24
Ochish/sharhlash
2022-10-11 17:15:45 Hurmatli fuqarolar!

2022-yil 2-mavsumi doirasida faol fuqarolar tomonidan ilgari surilgan, har biri 2 mingdan ortiq ovoz to‘plagan, lekin g‘olib deb topilmagan 364 ta loyihalarni ro'yxati bilan quyidagi havola orqali tanishib chiqingiz mumkin.

G'olib hamyurtlarimizni samimiy muborakbod etamiz!
4.2K viewsmf_bot, 14:15
Ochish/sharhlash
2022-10-11 16:56:40 Viloyat budjetlari qo‘shimcha manbalarining 30 foizi ham endilikda tashabbusli budjet jarayoniga yo‘naltiriladi.

Joylarda fuqarolarni qiynab kelayotgan dolzarb muammolarni hal etilishi ko‘lamini kengaytirish maqsadida 2023-yildan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar budjetining qo‘shimcha mablag‘larining 30 foizi ham fuqarolar fikri asosida shakllantirilgan loyihalarni moliyalashtirishga yo‘naltirilishi belgilanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, amalda faqat tuman va shahar byudjetlari qo‘shimcha mablag‘larining kamida 30 foizi Tashabbusli byudjet jarayonlari uchun yo‘naltirilishi belgilangan.

Natijada, kelgusi yildan boshlab ushbu maqsadlar uchun tegishincha tuman va shaharlarga qo‘shimcha ravishda 1 trln so‘mdan ortiq mablag‘lar yo‘naltirilishi kutilmoqda.

#tashabbuslibudjet #ochiqbudjet #openbudjet #insonqadriuchun
2.3K viewsMoliyaPress, 13:56
Ochish/sharhlash
2022-10-11 16:56:16 Davlatimiz rahbari tomonidan Tashabbusli budjet jarayonining 2022-yil 2-mavsumi doirasida fuqarolarni faol ishtirokini inobatga olgan holda g‘olib deb topilgan 1 418 ta loyihalarga qo‘shimcha, har biri 2 mingdan ortiq ovoz to‘plagan, lekin g‘olib deb topilmagan 364 ta loyihalarni amalga oshirish uchun respublika budjetidan 335 mlrd so‘m mablag‘ ajratish yuzasidan ko‘rsatma berildi.

Ma'lumot uchun – 2022-yil ikkinchi mavsum yakunlarining dastlabki natijalariga ko‘ra 1 418 ta loyiha g‘olib deb topilgan va ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun tuman va shahar budjeti mablag‘lari hisobidan 1,0 trillion so‘m mablag‘ ajratilishi nazarda tutilgan.

Respublika budjetidan ajratilgan qo‘shimcha mablag‘lar doirasida fuqarolar tomonidan ilgari surilgan:
110 ta
umumta'lim maktablarini joriy ta'mirlash va jihozlash;
113 ta mahallalarda ichki yo‘llarni ta'mirlash;
16 ta maktabgacha ta'lim muassasalarini ta'mirlash va jihozlash;
49 ta sog‘liqni saqlash tashkilotlarini ta'mirlash va jihozlash kabi loyihalar qo‘shimcha ravishda moliyalashtirilishi belgilandi.

Natijada, 2-mavsum uchun ajratilgan jami mablag‘lar miqdori 1,3 trln so‘mni tashkil etib, ushbu mavsum doirasida g‘olib deb topilgan loyihalar soni 1 782 tani tashkil etdi.

G‘olib deb topilgan loyihalarga berilgan ovozlar soni jami 5 630 mingtani yoki jami berilgan ovozlarning 72 foizini, g‘olib deb topilgan loyihalar joylashgan mahallalar soni 1 563 tani tashkil etdi.

#tashabbuslibudjet #ochiqbudjet #openbudjet #insonqadriuchun
2.0K viewsMoliyaPress, 13:56
Ochish/sharhlash
2022-10-11 16:42:42
Маҳаллаларни обод қилиш ва уларга инфратузилма олиб бориш дастурларини ишлаб чиқишда аҳоли кўтарган 12 мингта масалани ҳам ҳал қилишни ўз ичига оладиган янги тизим яратилади.

Энг аввало, 4 979 та маҳалладаги ички йўллар, ичимлик суви ва оқова тизими, электр энергияси ва газ таъминоти, боғча, мактаб ва спорт объектлари, ободонлаштириш, суғориш, кўчаларни ёритиш ва бошқа масалаларни ҳал қилишга бир ой муддатда “Обод қишлоқ” ва “Обод маҳалла” жамғармаларига 1,7 триллион сўм йўналтириш топширилди. Эҳтиёжга қараб, йил якунига қадар яна 1 триллион сўм ажратилиши таъкидланди.

Жорий йилнинг иккинчи ярмида “Ташаббусли бюджет” лойиҳаси доирасида 9 201 та маҳалла иштирок этиб, 38 мингта лойиҳага 8 миллион аҳоли овоз берди (биринчи ярим йилликда 4 мингта маҳалла қатнашган).

Бу борада, Фарғона, Қашқадарё ва Самарқанд вилоятлари аҳолиси фаол бўлди.

Овоз бериш якунларига кўра, 1 418 та лойиҳа ғолиб деб топилиб, улар учун жами 1 триллион сўм маблағ ўтказиб берилди.

Президент “Ташаббусли бюджет” лойиҳасини янада кенгайтириш ва оммалаштириш зарурлигини таъкидлади. Шу боис, бир ҳафта муддатда ҳар бири 2 мингдан ортиқ аҳоли овозини тўплаган, лекин ғолиб бўлмаган 364 та лойиҳа учун қўшимча 335 миллиард сўм ажратишга кўрсатма берилди.

200 дан ортиқ аҳоли қўллаб-қувватлаган маҳалла шифокорлик пунктлари, оилавий поликлиникаларни жиҳозлашга келгуси йилда қўшимча 200 миллиард сўм ажратилади. Бу орқали 195 та лойиҳа доирасида 600 та маҳалла аҳолиси қамраб олинади.

Facebook|Instagram|Twitter
782 viewsMoliyaPress, 13:42
Ochish/sharhlash
2022-10-11 10:30:56
O‘zbekiston hukumati 3-4-noyabr kunlari qadimiy Samarqand shahrida dunyoning yetakchi iqtisodchilar, nufuzli investorlar va xalqaro ekspertlarining yig‘ilishiikkinchi O‘zbekiston Iqtisodiy forumi o‘tkazilishini mamnuniyat bilan e’lon qiladi.

Bu yilgi asosiy mavzuyimiz: “Inson manfaatlarini iqtisodiy islohotlarning bosh mazmuniga aylantirish”.
Bu tashabbuslar Yangi O‘zbekistonning yosh va o‘sib borayotgan aholisi uchun yanada yorqin va barqaror kelajakka asos ekanligining isbotidir.

O‘zbekiston Iqtisodiy forumi haqida batafsil maʼlumot olishni istasangiz economic-forum.uz dan ro‘yxatdan o‘ting.
1.5K viewsMoliyaPress, 07:30
Ochish/sharhlash
2022-10-11 10:23:58
It’s time to start

II Uzbekistan Economic Forum

economic-forum.uz

#UEF22
1.5K viewsMoliyaPress, 07:23
Ochish/sharhlash
2022-10-11 10:05:27
Davlat xaridlarida tadbirkorlarning ishtiroki

Davlat xaridlari elektron tizimi
#DavlatXaridlari
#Shaffoflik
2.0K viewsMoliyaPress, 07:05
Ochish/sharhlash
2022-10-10 19:40:58
O'zbekiston Respublikasi kapital bozorining 2022-yil 10-oktabr holati bo'yicha tahliliy ma'lumotlar
#kapitalbozori #capitalmarkets
1.1K viewsMoliyaPress, edited  16:40
Ochish/sharhlash