Get Mystery Box with random crypto!

Davlatimiz rahbari tomonidan Tashabbusli budjet jarayonining 2 | Minfin

Davlatimiz rahbari tomonidan Tashabbusli budjet jarayonining 2022-yil 2-mavsumi doirasida fuqarolarni faol ishtirokini inobatga olgan holda g‘olib deb topilgan 1 418 ta loyihalarga qo‘shimcha, har biri 2 mingdan ortiq ovoz to‘plagan, lekin g‘olib deb topilmagan 364 ta loyihalarni amalga oshirish uchun respublika budjetidan 335 mlrd so‘m mablag‘ ajratish yuzasidan ko‘rsatma berildi.

Ma'lumot uchun – 2022-yil ikkinchi mavsum yakunlarining dastlabki natijalariga ko‘ra 1 418 ta loyiha g‘olib deb topilgan va ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun tuman va shahar budjeti mablag‘lari hisobidan 1,0 trillion so‘m mablag‘ ajratilishi nazarda tutilgan.

Respublika budjetidan ajratilgan qo‘shimcha mablag‘lar doirasida fuqarolar tomonidan ilgari surilgan:
110 ta
umumta'lim maktablarini joriy ta'mirlash va jihozlash;
113 ta mahallalarda ichki yo‘llarni ta'mirlash;
16 ta maktabgacha ta'lim muassasalarini ta'mirlash va jihozlash;
49 ta sog‘liqni saqlash tashkilotlarini ta'mirlash va jihozlash kabi loyihalar qo‘shimcha ravishda moliyalashtirilishi belgilandi.

Natijada, 2-mavsum uchun ajratilgan jami mablag‘lar miqdori 1,3 trln so‘mni tashkil etib, ushbu mavsum doirasida g‘olib deb topilgan loyihalar soni 1 782 tani tashkil etdi.

G‘olib deb topilgan loyihalarga berilgan ovozlar soni jami 5 630 mingtani yoki jami berilgan ovozlarning 72 foizini, g‘olib deb topilgan loyihalar joylashgan mahallalar soni 1 563 tani tashkil etdi.

#tashabbuslibudjet #ochiqbudjet #openbudjet #insonqadriuchun