Get Mystery Box with random crypto!

Oʻzbekiston vakili IEA Bosh Assambleya vakilligiga nomzod sifa | Milliy markaz

Oʻzbekiston vakili IEA Bosh Assambleya vakilligiga nomzod sifatida taklif etildi

Taʼlimdagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) ijrochi direktori Doktor Dirk Xastedt Oʻzbekistonga IEA Bosh Assambleyasiga (BA) aʼzo boʻlish taklif xatida 2023-yil sentyabr oyida Fransiyaning Versal shahrida boʻlib oʻtadigan IEA Bosh Assambleyasining 64-yillik yigʻilishida Oʻzbekiston vakili sifatida Ta’lim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlar milliy markazi direktori Abduvali Ismailovni koʻrishdan mamnun boʻlishini taʼkidlar ekan, shunday degan:

“Mamlakatingiz YUNESKO va IEA qoʻshma tadqiqoti, “Reponses to Educational Disruption Survey” (REDS)da ishtirokidan soʻng Oʻzbekistondagi Taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlar milliy markazi 2021-yil global pandemiya davrida IEAning Boshlangʻich sinf oʻquvchilarining matnni oʻqib tushunish darajasini baholash (PIRLS) xalqaro tadqiqotini muvaffaqiyatli va qahramonona tashkil etdi, shuningdek, 2023-yilgi Matematika va tabiiy fanlar boʻyicha tendensiyalar xalqaro (TIMSS) tadqiqotiga qoʻshildi.

IEA Bosh Assambleyasining yillik yigʻilishida faol ishtirok etish Oʻzbekistonga IEA strategiyalari va har qanday yangi tashabbuslar yoki olib boriladigan tadqiqotlarga taʼsir oʻtkazish, IEAni umumiy boshqarish va rivojlantirishda ishtirok etish hamda IEA direktorlar kengashi sifatida xizmat qiluvchi doimiy qoʻmitaga aʼzolikka saylanish huquqini beradi.

Sizni tez orada IEA aʼzosi sifatida koʻrishga va taʼlimni yaxshilash uchun oʻrganishni tadqiq qilishdek umumiy maqsad yoʻlida birgalikda ishlashga umid qilamiz".

Batafsil

Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram