Get Mystery Box with random crypto!

PISA 2025 dasturida O'zbekiston Avstriya bilan 'Do'st' bo'ladi | Milliy markaz

PISA 2025 dasturida O'zbekiston Avstriya bilan "Do'st" bo'ladi

PISA 2025 tadqiqotida ishtirok etuvchi mamlakatlar uchun “Buddy” dasturi bo‘yicha uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Unda MMTV huzuridagi Ta’lim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi jamoasi ham ishtirok etdi

Uchrashuvda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD)ning ekspertlari hamda Fransiya, Germaniya, Bruney, Avstriya, Chili, Liviya hamda O‘zbekiston mamlakatlarning milliy loyiha menejerlari qatnashdi.

“Buddy” ingliz tilidan tarjima qilganda “do‘st” so‘zini anglatadi. Dasturning maqsadi PISA da ishtirok etgan mamlakatning to‘plangan tajribalarini PISA 2025 da ilk bor ishtirok etayotgan mamlakat bilan o‘rtoqlashishi, bir so‘z bilan aytganda unga do‘st sifatida yordam berib borishini anglatadi. Bundan tashqari, mamlakatlar oʻrtasida tadqiqotga oid tushunchalar, amaliy gʻoyalar, oʻrganishlar, strategiyalar bo‘yicha tajribalar almashish hamda tadqiqotga tashkil etishga oid maslahatlar berib borishdan iborat.

Uchrashuvda har bir mamlakat uchun sherik mamlakatlar biriktirlib, O‘zbekiston uchun Avstriya jamoasi bilan PISA 2025 tadqiqotida “Buddy partner” sifatida hamkorlik qilish belgilandi.

Youtube(HD)da ko'rish:



Batafsil: https://bit.ly/428DU1b

Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram