Get Mystery Box with random crypto!

O’zbekiston vakili Parijdagi OECD tashkilotida o’z faoliyatini | Milliy markaz

O’zbekiston vakili Parijdagi OECD tashkilotida o’z faoliyatini boshladi

PISA 2022 dasturi doirasida tadqiqot natijalari tahliliga jalb etilgan mutaxassislar qatorida Abduqodir Karimberdiyev Parij shahridagi Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) tashkilotida o'z faoliyatini boshladi.

Mazkur jarayonlarda ishtirok etayotgan El Salvador, Mongoliya, Ruminiya, O'zbekiston, Yamayka kabi mamlakatlarning vakillari Yetakchi tahlilchi (Lead Analyst) dasturi doirasida maxsus treninglarda qatnashib, PISA 2022 tadqiqoti natijalari tahlili, xalqaro hisobotlarni tayyorlashda ishtirok etadilar.

OECD vakillari va yetakchi tahlilchilar ishtirokida o'tkazilgan uchrashuvda tashkilotning Ta'lim direksiyasi direktori Andreas Shlyaher PISA 2022 tadqiqoti natijalari tahlil jarayonlarida ishtirokchilarga muvaffаqiyat tilar ekan, turli mamlakatlardan tashrif buyurgan mutaxassislarga salohiyatni rivojlantirish dasturida ishtirok etib, tadqiqot natijalarini sifatli tahlil qilish, milliy hisobotlarni yuqori saviyada taqdim etishlariga ishonch bildirdi.

Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram