Get Mystery Box with random crypto!

IEA Amsterdam ofisi direktori Andrea Netten boshchiligidagi de | Milliy markaz

IEA Amsterdam ofisi direktori Andrea Netten boshchiligidagi delegatsiya Xalqaro tadqiqotlar milliy markaziga tashrifi doirasida markaz faoliyati, jumladan, PIRLS va TIMSS tadqiqotlariga oid targ'ibot materiallari, o'qituvchilar uchun ishlab chiqilgan videomaxsulotlar, o'quv-uslubiy qo'llanmalar bilan tanishdi.

TIMSS 2023 tadqiqoti materiallarining tayyorlanishi jarayoni hamda IEA nashr va video maxsulotlarini Milliy markazda davlat tiliga tarjima qilingani yuksak e'tirof etildi. Ushbu materiallar o'quvchilarning savodxonligi, amaliy ko'nikmalarini rivojlantirish vositalari bo'lib xizmat qilishi ta'kidlandi.

Tashrif yakunida IEA Milliy markazda orttirilgan tajribani ijobiy baholab, IEA tashkiloti a'zoligiga kirish uchun bildirilgan taklif yanada mustahkamlanganligini qayd etdi.

Milliy markazning rasmiy sahifalariga
ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram