Get Mystery Box with random crypto!

Tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchu | Milliy sertifikat | INFO

Tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnoma berish boshlandi

2023-yil 21-may (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalarni berish boshlandi.

Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limidan olishlari mumkin.

Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 07:30 dan boshlab kiritiladi va test sinovlari 09:00 da boshlanadi.

Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

Milliy sertifikat | INFO
https://t.me/+6Jhok3wDT7ViMGZi
https://t.me/+6Jhok3wDT7ViMGZi