Get Mystery Box with random crypto!

Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlari bo‘ | Milliy sertifikat | INFO

Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlari bo‘lib o‘tdi

Bugun, 14-may kuni ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlari bo‘lib o‘tdi.

Unda 6 479 nafar talabgor ishtirok etdi va 5 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.

Test sinovi natijalari yigirma ish kuni ichida e’lon qilinadi va eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan talabgorlarga elektron sertifikat taqdim etiladi.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarga kirishda mutaxassislik fani bo‘yicha quyidagicha ball beriladi:

  60 % dan 86 % gacha — maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball;

86 foiz va undan yuqori — maksimal ball.

Shuningdek, milliy sertifikatga ega abituriyentga tegishli majburiy fan bo‘yicha eng yuqori ball beriladi.

Milliy sertifikat | INFO
https://t.me/+6Jhok3wDT7ViMGZi
https://t.me/+6Jhok3wDT7ViMGZi