Get Mystery Box with random crypto!

👑 MILLIONER MAKTABI | UZ 🇺🇿

Telegram kanalining logotibi millionermaktabiuz — 👑 MILLIONER MAKTABI | UZ 🇺🇿 M
Telegram kanalining logotibi millionermaktabiuz — 👑 MILLIONER MAKTABI | UZ 🇺🇿
Kanal manzili: @millionermaktabiuz
Toifalar: Biznes , Psixologiya
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 436
Kanalning ta’rifi

O'tmishingiz eslashga arzigulik bo'lishi uchun bugun harakatda bo'ling!
Sizga:
🌍 Dunyo milliarderlari hayoti
🏛️ Biznes va sarmoyalash
🎰 Muvaffaqiyat sirlari
☯️ Pozitiv kayfiyat
ulashib boramiz!
Muallif: @Sardorbek_Rakhmatullaev

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-07-12 10:33:03
Pul maqsadga erishish uchun oddiy vosita, uni aql bilan ishlab topish kerak, boshqalarga ishlab emas

Yaqinlaringizni ham Maktabimizga taklif qiling
@MillionerMaktabiUz
644 views07:33
Ochish/sharhlash
2022-07-11 11:30:05 30 yoshda hech narsadan pushaymon bo‘lmaslik uchun qanday yashash kerak?

Yozuvchi Rayan Xolidey 20 yoshlilar uchun 30 yoshda boy berilgan imkoniyatlardan pushaymon bo‘lmaslik uchun qanday yashash kerakligi haqida o‘z maslahatlari bilan o‘rtoqlashdi.

Sizga ko‘proq pul olib keladiganini emas, balki sizga biron nimani o‘rgatadiganini tanlang Hamma lavozim takliflarini shu nuqtai nazar bilan baholang. Pulni har qanday ishda topish mumkin, lekin haqiqatan ham nimadir o‘rganish, yangi tajriba orttirish va yaxshiroq bo‘lish ancha qiyinroq.

Arzimagan ishlar bilan shug‘ullanmang. Katta yutuqlar kamdan-kam hollarda qisqa muddatli mehnatning samarasi bo‘ladi. Odatda ularning ustida kundan-kunga tirishqoqlik bilan ishlash kerak.

Bunday qilish uchun esa, vaqtni arzimagan ishlarga sarflamaslik kerak. 30 yil — bu juda ko‘p. Hatto bir yil — bu juda ko‘p. Bu vaqt ichida ko‘p narsalarga erishish mumkin.

Har kuni kechagidan ko‘ra biroz ko‘proq ish qiling. Uzoq muddatli munosabatlarga ega bo‘ling. Albatta, munosabatlar — bu doimiy urinishlar.

Ba’zan sizga juda qiyin va azobli bo‘ladi. Munosabatlar sehrli tarzdao‘zingizga mukammal mos tushadigan odamni uchratganingiz uchun emas, balki o‘zingiz harakat qilganingiz uchungina juda yaxshi bo‘ladi.Toksik odamlardan qoching.

Biz kim bilan muloqot qilsak, ularga o‘xshab boramiz. Biz atrofdagilarimiz safiga qo‘shilib qolamiz, do‘stlar va tanishlarni tanlashda buni hisobga oling. Toksik odamlar bilan munosabatlaringizni uzing.Kundalik yuriting Orqaga nazar tashlash uchun emas, balki hozir nima qilayotganingiz haqida o‘ylashga o‘zingizni majbur qilish uchun kundalik yuriting. Shoshilinch qarorlar qabul qilmang. Qo‘rqqanimizda, ikkilanganimizda, nima xohlayotganimizni bilmaganimizda biz unchalik yaxshi bo‘lmagan qarorlar qabul qilamiz. Keyin pushaymon bo‘lmaslik uchun shoshilmang, har tomonlama o‘ylab ko‘ring va keyin qaror qiling.

Yaqinlaringizni ham Maktabimizga taklif qiling
@MillionerMaktabiUz
684 views08:30
Ochish/sharhlash
2022-06-25 09:38:18
VAQT QADRI

Agar bir umrning qadrini bilmoqchi boʻlsang – kapalaklardan soʻra.

Agar 10 yilning qadrini bilmoqchi boʻlsang – 20 yoshida nogiron boʻlib qolgan 30 yoshli odamdan soʻra.

Agar 1 yilning qadrini bilmoqchi boʻlsang – imtihondan yiqilgan talabadan soʻra.

Agar 1 oyning qadrini bilmoqchi boʻlsang – farzandi 8 oyda tugʻilgan onadan soʻra.

Bir kunning qadrini bilmoqchi boʻlsang – hosili kuz yomgʻirida qolgan dexqondan soʻra.

Bir soatning qadrini bilmoqchi boʻlsang – uyiga bir soat kech kelgan tarbiyali farzanddan soʻra.

5 daqiqaning miqdorini bilmoqchi boʻlsang – poyezdga kech qolgan yoʻlovchidan soʻra.

Bir daqiqaning oʻndan bir qadr-miqdorini bilmoqchi boʻlsang – bemorni kasalxonaga olib kelayotgan shofyordan soʻra.

Yaqinlaringizni ham Maktabimizga taklif qiling
@MillionerMaktabiUz
1.1K views06:38
Ochish/sharhlash
2022-06-24 09:29:19 Har bir inson qaysidir ishda professional bo'lishi kerak. Qandaydir yangi hunarni o'rganib, uni maromiga yetkazib bajarishgacha esa, bor yo'g'i 4 qadam mavjud:

1 - O'zingiz o'rganishni istagan, har kuni qanchadir vaqtingizni sarflay oladigan hunar tanlang.

2 - Har kuni yarim soatdan shu sohani o'rganishga vaqt sarflang. Kitoblar, maqolalar o'qing, hujjatli filmlar, audiokitoblardan foydalaning.

3 - O'z holatingiz, kayfiyat va o'rab turgan narsalarni o'zgartiring. Uyqu, ovqatlanish va jismoniy tarbiya mashg'ulotlari rejimini tuzib oling.

4 - Mayda qadamlar orqali maqsad sari harakat qiling. To'g'ri shakllantirilgan kayfiyat, maqsadga yetishning ishonchli garovi.

Yuqorida o'qiganlaringizni bugundan boshlab qo'llay boshlasangiz, ko'p o'tmay, yana bir yangi sohada ancha bilimlarga ega bo'lib qolasiz. Ertaga qo'ymang, zero, qolgan ishga qor yog'ar.


Yaqinlaringizni ham Maktabimizga taklif qiling
@MillionerMaktabiUz
720 views06:29
Ochish/sharhlash
2022-06-22 08:56:36 Kunning birinchi qismida eng murakkab va qiyin ishlarni bajarib oling.
Hayolingizga biror fikr, g’oya keldimi? O’sha zahoti yozib qo’ying.
Kech qolyapsizmi? Bu haqida ogohlantirib qo’ying. Bu qiyin emas
Boshqalarning orzulari ustidan kulmang. O’z orzularingiz bilan band bo’ling.
Har doim rost gapiring.
Har doim o’z muammolaringizdan nolimang. Bu boshqalarni qiziqtirmaydi.
Har qanday tushunarsiz vaziyat yuzaga kelsa yotib uxlang.
Hech narsaga qaramay faqat oldinga harakatlanish. Bu doimiy shioringizga aylansin.
Mish-mishlarga aralashmang va e’tibor qilmang. Ularda hech bir yaxshilik yoki foyda yo’q.
Hech qachon sizni sotgan(aldagan)larga qaytmang. Insonlar o’zgarmaydi.


Yaqinlaringizni ham Maktabimizga taklif qiling
@MillionerMaktabiUz
753 views05:56
Ochish/sharhlash
2022-06-18 12:50:30
Men o'zgartira oladigan yagona narsa.

Ko'pchilik insonlar birovlarni hayotini shu qadar muhokama qiladiki, xuddi o'zining hayoti mukammal kechayaptimikan, deb o'ylab ham qolasiz?
Biz o'zimizni hayotimizni to'g'irlamagunimizcha, birovlarning hayotiga zarracha o'zgartirish kiritolmaymiz.

Bu haqida Karol Burnet shunday degan edi:
– O'zim o'zgartira olishim mumkin bo'lgan eng katta narsa bo'lsa u meni hayotimdir. Chunki uni menga birov o'zgartirib bermaydi.

Yaqinlaringizni ham Maktabimizga taklif qiling
@MillionerMaktabiUz
848 views09:50
Ochish/sharhlash
2022-06-14 09:11:40
Maqsadi tomon tinimsiz harakat qilganlarni dangasalar ,, telba " deb atashadi. Atrofdagilarga nima qilsangiz ham sizni yomonga chiqarishadi, bu haqiqat!

@sardorbek_rakhmatullaev
843 views06:11
Ochish/sharhlash
2022-06-11 07:14:56
Siz qaysi tarafda ekanligingizni aniqlang, va unutmangki o'zingiz boy bo'lmasdan birovga yordam berishingiz, bu o'zizga zarar yetkazishdir...

@MillionerMaktabiUz
986 views04:14
Ochish/sharhlash
2022-06-10 09:33:14 Italiyalik bir milliarderdan hammasini boshidan boshlashga to‘g‘ri kelganda qanday yo‘l tutgan bo‘lardingiz deb so‘rashdi.

U yaxshi kostyum xarid qilish uchun yetarli bo‘lgan ilk 500 dollarini qo‘lga kiritish uchun har qanday ishga kirishishini aytib javob berdi. U bu kostyumda yaxshi ish topishga yordam bera oluvchi ishbilarmon kishilarni uchratish mumkin bo‘lgan ziyofatlarga borishini aytgan.

Mening yoshim 40 ga yaqinlashib qoldi. Hayotim davomida besh joyda ishladim (hozirda shaxsiy biznesimga egaman), ulardan to‘rttasiga o‘z aloqalarim orqali erishganman. Faqat birgina holatda rezyume yo‘llab, ishga joylashganman. Shunday bo‘lsa-da, aloqalar va tanish-bilishlar o‘zidan o‘zi kelmaydi.

Agar siz boshqalarga nisbatan ochiq va do‘stona munosabatda bo‘lsangiz, bu albatta sizga foyda keltiradi.

Bo‘sh vaqtingizda Deyl Karnegining"Qanday qilib do‘st orttirish va odamlarga ta’sir o‘tkazish mumkin?" nomli kitobini mutolaa qilsangiz, foydadan xoli bo‘lmaydi. Kitobdagi tavsiyalarni ziyofatlarda qo‘llang va bu haqiqatda ish berishiga ishonch hosil qiling. Siz yangi odamlarni uchratasiz, ular bilan til topishasiz, ularning hayoti haqida savollar berasiz va ular ham asta-sekin siz tomon talpinishadi.

Odamlar sizning iltimosingizni kutib o‘tirmay, o‘zlari yordam taklif qila boshlashadi...

Yaqinlaringizni ham Maktabimizga taklif qiling
@MillionerMaktabiUz
872 viewsedited  06:33
Ochish/sharhlash
2022-06-06 15:55:52 ​​ENG YOSH MILLIONERLAR

Eng yosh MILLIONERlardan biri Yan Purkayastha

Xyustonda tug‘ilib, voyaga yetgan Yan 15 yoshida tryufel (yer ostida o‘sadigan qo‘ziqorinning bir turi) importi bilan shug‘ullanishni niyat qiladi. Keyinchalik bir kilogramm tryufelni 12 000 dollardan turli restoran va do‘konlarga yetkazib berib, o‘z biznesini yo‘lga qo‘yadi.

Tryufel importi anchagina mashaqqatli ish bo‘lib, uni to‘rtta federal idora nazorat qilardi. Shu bois yosh tadbirkor ko‘plab to‘siqlarga uchrar, ustiga-ustak, tryufelning yaroqlilik muddati bor-yo‘g‘i bir hafta edi. Shunga qaramay, u ilk bor tryufel issiqxonasini tashkil qiladi.

Ayni paytda Yan Purkayastha million dollar aylanmasiga ega bo‘lgan tryufel savdosi bilan shug‘ullanuvchi xususiy kompaniyaning sohibi hisoblanadi.

Sizda ham huddi shu kabi g'ayritabiiy g'oya tug'ilsa, hech ikkilanmay g'oyangiz ketidan boring!!!

@MillionerMaktabiUz
860 views12:55
Ochish/sharhlash