Get Mystery Box with random crypto!

​​ENG YOSH MILLIONERLAR Eng yosh MILLIONERlardan biri Yan Pu | 👑 MILLIONER MAKTABI | UZ 🇺🇿

​​ENG YOSH MILLIONERLAR

Eng yosh MILLIONERlardan biri Yan Purkayastha

Xyustonda tug‘ilib, voyaga yetgan Yan 15 yoshida tryufel (yer ostida o‘sadigan qo‘ziqorinning bir turi) importi bilan shug‘ullanishni niyat qiladi. Keyinchalik bir kilogramm tryufelni 12 000 dollardan turli restoran va do‘konlarga yetkazib berib, o‘z biznesini yo‘lga qo‘yadi.

Tryufel importi anchagina mashaqqatli ish bo‘lib, uni to‘rtta federal idora nazorat qilardi. Shu bois yosh tadbirkor ko‘plab to‘siqlarga uchrar, ustiga-ustak, tryufelning yaroqlilik muddati bor-yo‘g‘i bir hafta edi. Shunga qaramay, u ilk bor tryufel issiqxonasini tashkil qiladi.

Ayni paytda Yan Purkayastha million dollar aylanmasiga ega bo‘lgan tryufel savdosi bilan shug‘ullanuvchi xususiy kompaniyaning sohibi hisoblanadi.

Sizda ham huddi shu kabi g'ayritabiiy g'oya tug'ilsa, hech ikkilanmay g'oyangiz ketidan boring!!!

@MillionerMaktabiUz