Get Mystery Box with random crypto!

Sen tongda uyg'onding. Gazga qo'yding choy. Bu mehr men uchun | Mille.uz

Sen tongda uyg'onding. Gazga qo'yding choy.
Bu mehr men uchun emas, hoynahoy.

Sen oppoq ko'ylakka urasan dazmol.
Bu ishni men uchun qilmog'ing - mahol.

Uyni supirasan, poklaysan changdan.
Supirib otmaysan meni bu g'amdan.

Ovqat pishirasan. Mo'l-ko'l dasturxon...
Ovqatingni maqtar o'zga bir inson.

Bolangning ko'ziga boqib to'ymaysan.
Sen mening bolamni o'pib qo'ymaysan.

Ammo yolg'iz qolsang egilar boshing -
Ko'zingdan so'ramay oqadi yoshing.

Meni sog'indingmi? Kuydingmi?.. Rahmat!..
Ko'z yoshing meniki, ko'z yoshing faqat...

Usmon Azim

@mille_uz - kitob o'qishni odat qilishingizni istaymiz :)