Get Mystery Box with random crypto!

Bizning ishqimizning hikoyasi bor, Soʻzlab berayinmi boshidan | Mille.uz

Bizning ishqimizning hikoyasi bor,
Soʻzlab berayinmi boshidan boshlab.
Yoki oxiridan boshlay qolaman,
Soʻngida siz meni ketasiz tashlab!

Bizning ishqimizning hikoyasi bor,
Bir kuni quvonchda, bir kuni koʻz yosh.
Ming bora urishib, ming bor yarashib,
Qattiq sogʻinchlarga berardik bardosh!

Soʻzlab berayinmi boshidan boshlab,
Yashayotgan edim shu ishq bor uchun.
Ayromiz Oy bilan Quyoshga oʻxshab,
Chiroyli hikoya, ayanchli yakun!

Uni yozganlarning hislari qalam,
Har soʻzi jonimga otilgan oʻqdir!
Lekin,
Ishonsangiz,
Nima boʻlsa ham,
Bunchalar chiroyli hikoya yoʻqdir!

Bizning ishqimizning hikoyasini,
Kunda bir oʻqiyman boshidan boshlab.
Soʻngiga yetishni istamayman hech,
SOʻNGIDA...
SIZ MENI...
KETASIZ...
TASHLAB...

Malika Tavfiq

@mille_uz - kitob o'qishni odat qilishingizni istaymiz :)