Get Mystery Box with random crypto!

Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari D.Yakubova hamda Shveysar | Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari D.Yakubova hamda Shveysariyaning “Globogate Concept AG” tashkiloti rahbari Yoxanes Meyer o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.

Unda o‘zbekistonlik o‘rta bo‘g‘in tibbiyot xodimlarini nemis tiliga o‘qitish va dasturni muvaffaqiyatli yakunlagan ishtirokchilarni Germaniya shifoxonalarida bandligini taʼminlash loyihasi masalalari muhokama qilindi.

Har ikki tomon loyiha bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan kelgusidagi vazifalar ijrosi kelishib olindi.

Shuningdek, Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Namangan filialida Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan tibbiyot xodimlari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.

Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook |Youtube| Instagram | X |Veb-sayt| Xorijda ish