Get Mystery Box with random crypto!

Ham daromad ham bilim. Germaniyada hamshiralik va parvarish so | Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Ham daromad ham bilim. Germaniyada hamshiralik va parvarish sohalari uchun 1 hamda 3 yillik Ausbildung!

Yurtdoshlarimiz Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda Germaniyaning "Amudarja GmbH|Fluss in Sprachen und Karrieren" tashkiloti tomonidan mazkur davlatning yirik shifoxonalarida Ausbildung tizimi orqali ishga taklif etiladi.

Nomzodlar uchun talablar:

Nemis tilini kamida B1 darajada bilish va tasdiqlovchi sertifikat;
18-35 yosh;

Imkoniyatlar:

Oylik stipendiya:
1-o'qish yilida 1.340,69 yevro;
2-o'qish yilida 1.402,07 yevro;
3-o'qish yilida 1.503,38 yevro.

Germaniya aeroportidan ish joyigacha transfer;
arzonlashtirilgan turar-joy bilan taʼminlash;
Ausbildung jarayonidan so'ng uzoq muddatli mehnat shartnomasi imkoniyati.

Ro'yxatdan o'tish

Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook |Youtube| Instagram | X |Veb-sayt| Xorijda ish