Get Mystery Box with random crypto!

Migrant.uz axborot-xizmat portali

Telegram kanalining logotibi migrantuz — Migrant.uz axborot-xizmat portali M
Kanaldagi mavzular:
Россия
Патент
Migrant
Валюта
Рубль
Dollar
سوم
All tags
Telegram kanalining logotibi migrantuz — Migrant.uz axborot-xizmat portali
Kanaldagi mavzular:
Россия
Патент
Migrant
Валюта
Рубль
Dollar
سوم
All tags
Kanal manzili: @migrantuz
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 40.43K
Kanalning ta’rifi

Migrant.uz axborot-xizmat portali
👉 youtube.com/@migrantuzb
👉 instagram.com/migrantuzb
👉 https://www.tiktok.com/@migrantuzb
👉 ok.ru/migrantuz
👉 fb.com/migrantuz
Админ: @migrantuzb_admin
Реклама: @migrantreklama

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 28

2024-03-07 14:58:29
SalamPay Onlayn

O‘zbekiston banklari va pul o‘tkazish tizimlaridan pul yuborishdagi valyuta kurslari 07.03.2024
Toshkent 16:30
Moskva 14:30 MSK

PUL O‘TKAZISH PLATFORMALARIDAGI AQSH DOLLARINING RUBLGA NISBATI


• Kwikpay - 92,43 (-0,45) rubl
• AkaPay - 93,18 (-0,46) rubl
• Мир Привилегий - 93,23 (-0,35) rubl
• Золотая Kорона - 94,36 (+0,57) rubl

O‘ZBEKISTON KARTALARIGA SO‘M YUBORISHDA RUBL KURSI

• Solidarnost - 135,60 (+0,5) so'm
• Unired Mobile - 134,20 (-0,9) so'm
Onlayn
• Sberbank - 133,26 (+1,55) so'm

ROSSIYA KARTALARIGA RUBL YUBORISH KURSI

• Unired Mobile - 139,00 (-0,2) so'm Onlayn

#valyuta #soʻm #rubl #dollar

Obuna bo‘ling
@migrantuz
12.7K views11:58
Ochish/sharhlash
2024-03-07 12:31:28
#topilmalar
O‘zbekiston fuqarosi Ibragimov Asilbekka tegishli pasport va buyumlar topib olingan.

Bog‘lanish uchun +7(900)143-02-24 raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Topib olgan hamyurtimiz: @muslim82

Obuna bo‘ling
@migrantuz
13.1K views09:31
Ochish/sharhlash
2024-03-07 11:12:05
#reyd #Rossiya
Yana reydlar boshlandi: hujjatsiz yurmang

Rossiyaning turli shahar va hududlarida migrantlarga reydlar o‘tkazilmoqda.

Sverdlovskaya oblast, Krasnodarskiy kray, Tverskaya oblast, Saxalin, Samarskaya oblast, Krasnoyarskiy kray, Xakasiya, Sankt-Peterburg, Moskovskaya oblast, Moskva va boshqa hududlar noqonuniy mehnat muhojirlarini aniqlash maqsadida reyd o‘tkazayotganini va dastlabki natijalarni ma’lum qilgan.

Qolaversa, GIBDD bo‘limlari tarafidan ham butun Rossiyada 4-martdan 31-martgacha “Mast haydovchi”, “Taksi”, “Yo‘lovchi bolalar”, “Xavfsizlik kamari”, “Yo‘lovchi” va boshqa nomdagi reydlar o‘tkazilishi ma’lum qilingan.

Bularni inobatga olib, muhojirlarni hujjatsiz yurmaslikka chaqiramiz. Rossiya fuqaroligi bor shaxslarga esa harbiy xizmatga ro‘yxatdan o‘tmaslik uchun javobgarlik borligini eslatib qo‘ymoqchimiz.

Migrantlar yonlarida olib yurishi kerak bo‘lgan hujjatlar: pasport, migratsion karta, “registratsiya”, patent va daktiloskopiya topshirilgani haqida “yashil karta”. Haydovchi migrantlarda yuqoridagi hujjatlarga qo‘shimcha ravishda haydovchilik guvohnomasi va guvohnomaning rus tiliga tarjimasi bo‘lishi shart.

Unutmang, patentingiz bor bo‘lib turib sizga taqiq qo‘yishsa uni yechish mumkin. Faqat taqiq qo‘yilishi bilan 10 kun ichida yuristlar yordamida shikoyat qilishga ulgurishingiz kerak.

Obuna bo‘ling
@migrantuz
13.7K views08:12
Ochish/sharhlash
2024-03-07 08:55:20
#mulohaza #Rossiya
Taqiqlangan “Ozodlik”:
radiostansiya Rossiyaga nomaqbul bo‘lib qoldi


Rossiya Adliya vazirligi Ozodlik Radiosi va uning tarkibiga kiruvchi barcha media loyihalarni nomaqbul tashkilotlar ro‘yxatiga kiritdi.

Faoliyati nomaqbul deb ko‘rilgan tashkilotlar Rossiya hukumatining fikricha, mamlakat xavfsizligiga, mudofaa qobiliyatiga va konstitutsion tuzumiga tahdid soladi. Ozodlikning bunday ro‘yxatga kiritilishi endi tahririyat Rossiyada faoliyat yuritolmasligini, u bilan hamkorlik qiladiganlar (intervyu berib, masalan) esa jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkinligini anglatadi.

Ozodlikni o‘qiydigan muhojirlar qanday ehtiyot choralarini ko‘rib qo‘yishlari kerak?

Ozodlik materiallariga ijtimoiy tarmoqdagi sahifalaringizda havola bergan bo‘lsangiz, logotipi yoki material rasmini joylashtirgan bo‘lsangiz – o‘chirib yuboring. Havolalar bilan qachon bo‘lishganingiz ahamiyatga ega emas. Ozodlikni o‘qish mumkin, bu uchun javobgarlik yo‘q. Biroq brauzer tarixidan Ozodlik saytiga kirganingizni tozalab turganingiz yaxshi. Ozodlikni manba sifatida keltirish kerak emas va uning maqola, videolariga havola berish taqiqlanadi.

Muammo bo‘lmasligi uchun eslab qolganingiz yaxshi – Ozodlikni o‘qish mumkin, lekin materiallarini tarqatish taqiqlanadi.

Obuna bo‘ling
@migrantuz
13.8K views05:55
Ochish/sharhlash
2024-03-06 22:36:06
Nodirbek Abdusattorov “Prague Chess Festival” turniri chempioni!

Hozirgina yakuniga yetgan asosiy ta’qibchisi Parxam Maxsudlu bilan bahsda hamyurtimiz g'alaba qozonib, muddatdan avval turnir chempioni bo'ldi!

Nodirbek
8 imkoniyatdan 6 ochko to’pladi va onlayn shaxmat reytingida dunyoning eng kuchli TOP-4 shaxmatchilari qatoriga kirdi!

Obuna bo‘ling
@migrantuz
14.1K views19:36
Ochish/sharhlash
2024-03-06 18:15:56
#ish #Germaniya
Germaniyaga yuk mashinalariga texnik xizmat ko'rsatish ishlariga fuqarolar taklif etiladi!

Nomzodlar uchun talablar:

− avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish bo’yicha texnikum yoki kollej diplomi va tajriba;
− Gyote, ECL, ÖsD yoki TELCdan olingan nemis tili bo'yicha kamida A2 sertifikat;
− 20 yoshdan 40 yoshgacha;
− sog'lom, xushmuomala, mas'uliyatli bo'lishi;
− Ausbildung tizimi uchun maktab shaxodatnomasi va Nemis tilidan kamida B1 sertifikat.

Afzalliklari:
oylik 1700 yevrodan boshlanadi (soliqlar ushlangandan keyin);
Ausbildung tizimi uchun 3 yil davomida stipendiya 900 yevrodan boshladi;
Germaniyaga aviachipta va transfer xarajatlari ish beruvchi hisobidan;
sinov muddatidan so'ng uzoq muddatli mehnat shartnomasi imkoniyati;
1 yilda 30 kun ta'til;
arzonlashtirilgan yashash joy topishga ko'mak.

Ro‘yxatdan o‘tish

+998(71)202-33-55, +998(71)200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami

Obuna bo‘ling
@migrantuz
13.7K viewsedited  15:15
Ochish/sharhlash
2024-03-06 12:04:34
#maosh
Rossiyada o'rtacha oylik qancha?

Obuna bo‘ling
@migrantuz
13.6K views09:04
Ochish/sharhlash
2024-03-06 11:00:00
#foydali #bank #Rossiya
QIWI va Сontactdan pul qaytarish bo‘yicha tavsiyalar

Xabaringiz bor, Qiwi bankning litsenziyasi olingach, qolib ketgan pullarni qaytarish tartibi e’lon qilingan edi. Qisqa qilib, pullaringizni qaytarish bo‘yicha huquqiy tavsiyalarimizni ko‘rsatib o‘tamiz.

Agar Qiwi hamyon (koshelyok) ochib, ishlatib kelgan bo‘lsangiz va hamyonda pullaringiz qolib ketgan bo‘lsa unda mana bu arizani to‘ldirib, quyidagi manzil bo‘yicha pochta orqali yuborasiz:

127994, г. Москва, ГСП-4, ГК АСВ, временная администрация КИВИ Банк (АО).

Agar Contakt tizimidan pul yuborib, ololmay qolgan bo‘lsangiz ushbu arizani to‘ldirib, quyidagi manzil bo‘yicha pochta orqali yuborasiz yoki shaxsan olib borasiz:

17648, г. Москва, мкр. Чертаново Северное, д. 1А, корп. 1 yoki shaxsan o‘zingiz г. Москва, мкр. Чертаново Северное, д. 1А, корп. 1.

Agar Qiwi bankning o‘zida hisob raqami ochib, omonat xizmatidan foydalanib kelgan bo‘lsangiz pullarni qaytarish uchun “Uralsib” bankining filiallariga murojaat qilasiz. Agar siz yashab turgan shaharda “Uralsib” bankining filiali bo‘lmasa mana bu arizani yozib, quyidagi manzilga yuborasiz:

109240, г. Москва, ул. Высоцкого, д. 4 Государственная корпорация «Агентство по страхованию вкладов»

Arizalar bilan birga albatta pasportingiz va cheklar nusxasini yuborishingiz shart.

Obuna bo‘ling
@migrantuz
13.4K views08:00
Ochish/sharhlash
2024-03-06 09:59:59
#muhojir_kundaligi
"Kecha reydlar boshlanganidan xabar bergandim. Bugun o‘zimni ham metroda ushlab, olib ketishdi.

Ular haq. Mening aybim hech qanday hujjatimni olmaganim edi.

Har xil odamlar bilan ishlaganim uchun pasportlarimni olib yurmayman, faqat rasmlarini telefonimga saqlab olardim.

Bu safargi to‘xtatgan politsiya xodimlari mendan asl nusxasini talab qilishdi, maqsadlari pul ekanligi shundoq bilinib turibdi.

Men ham rahbarimga telefon qilib, holatni tushuntirdim.

Ularning bundan achchiqlari chiqib, meni "otdeleniy"aga olib ketishdi.

Ular kimga telefon qilganimni bilmagandi.

Bordik, kirdim, ko‘rdim. Shu qadar odam ko‘pki, o‘zimni Qo'qon bozorida his qildim. Hammasining hujjatida muammosi bor, rahmlarim kelib ketdi.

Kirganimga besh minut bo‘lmasdan chaqirishib, qo‘yib yuborishdi.

Ko‘chaga chiqib, chin yurakdan o‘shalarni qarg‘adim. Sababi juda qo‘pol muomila qilishyapti. Bitta yoshi katta amakini "Idi...na...", deb kabinet eshigidan haydab chiqarishdi.

Ilohim, barcha migrantlar o‘z yurtida, yaxshi oylik to‘lanib, yaxshi ish joyi bilan taminlansin.

Shularning kuni bizlarga qolib ketib, ishsiz qolsin!

"Bir paytlar politsiya edim, endi dvornik bo‘lib ishlayapman", deb yig‘lashsin, ilohim!"

— Gulya Akbarova —

Rossiya, Moskva

Obuna bo‘ling
@migrantuz
12.9K viewsedited  06:59
Ochish/sharhlash
2024-03-06 09:24:50
#jinoyat #Rossiya
Moskvada yashirin migratsiya markazi fosh etildi

Rossiya Ichki ishlar vazirligining Moskva shahri bo‘yicha Bosh tergov boshqarmasi chet elliklarga Rossiya fuqaroligini noqonuniy ravishda berish bilan shug‘ullangan yirik jinoiy guruhni fosh etdi. Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 322.1-moddasi bo‘yicha ochilgan ish sudga yuborilgan.

Jinoyat ishtirokchilari bir nechta shaharlarda faoliyat yuritgan. 50 ming rublgacha pul evaziga xorijliklarga soxta migratsiya hujjatlari tayyorlangan, Rossiya fuqarolari bilan vaqtinchalik nikohlar tuzilgan, rossiyalik bolalarning otasi sifatida ro‘yxatga olingan. Bunday asoslar bilan chet RVP, VNJ va Rossiya fuqaroligini olib kelgan.

Tergov davomida Ichki ishlar vazirligi va FSB xodimlari Moskva, Vologda, Novgorod, Yaroslavl va Tver viloyatlarida 43 ta tintuv o‘tkazgan. Natijada uyushgan guruhning 20 nafar a’zosi jinoiy javobgarlikka tortilmoqda.

Obuna bo‘ling
@migrantuz
13.4K views06:24
Ochish/sharhlash