Get Mystery Box with random crypto!

Men har doim kiyimlarimni faqatgina bitta do'kondan xarid qila | G'aniyev M.A.

Men har doim kiyimlarimni faqatgina bitta do'kondan xarid qilaman. Bir gal do'kondagi ish yurituvchidan so'radim: men har doim oddiy va klassik kiyimlarni ma'qul ko'raman. Lekin sizlar oxirgi paytda bunday kiyimlardan kam olib kelyapsizlar. Asosan mijozlarga tor va kalta kiyimlar taklif qilyapsizlar. U aka esa menga: uka, to'g'ri tushuning, biz faqat sizning didingizdan kelib chiqib emas, ko'pchilikning qiziqishlaridan kelib chiqib kiyimlar olib kelamiz, dedi. Ya'ni, hozir oddiylikdan ko'ra eng so'nggi urfda yurishni xohlaydiganlar ko'p, dedi.
Bugungi kunda atrofda bo'layotgan turli piar kompaniyalarni kuzatib, hayolimga shu suhbat keldi, beixtiyor. Bizga erish tuyulgan narsa ko'pchilikka ma'qul kelishi mumkin.