Get Mystery Box with random crypto!

Koreadan 4 soatu 75 yil orqadamiz! Koreadan inson va uning va | Jamolbek | Blog | Notes

Koreadan 4 soatu 75 yil orqadamiz!

Koreadan inson va uning vaqtini qadrlashlarini juda ko’p kuzatganman. Hullas, karantindan beri aeroportda tashrif buyurayotgan millionlab chet ellikdan sog’ligi, oxirgi marta borgan manzillari va koreada qayerda turmoqchiligi haqida so’rovnoma olishadi. Bu ertaga biror virus tarqalsa izini osonlik bilan topish kerak bo’ladi.

Har bir odam so’rovnoma to’ldirish uchun 10 daqiqadan sarflasa ham hosil bo’ladigan navbatni tasavvur qiling.

Shuni oldini olish maqsadida oddiy vebsayt qilishipti. Tashrif buyurmoqchi bo’lganlar shu saytda forma to’ldiradi va QR-Code oladi. Aerportda shu QRni ko’rsatib navbatsiz o’tib ketaveradi. Albatta bu majburiy emas. Lekin soatlab navbatda qolib ketishni oldini oladi.

Bunday oddiy ko’rinadigan lekin aslida misli ko’rilmagan foyda olib keladigan yechimlarni Koreada juda ko’p ko’rganman.