Get Mystery Box with random crypto!

Men qachondir bu she’r umuman o’qilmasligini, dolzarb bo’lmay | Laylo Sobir qizi

Men qachondir bu she’r umuman o’qilmasligini, dolzarb bo’lmay qolishini juda xohlardim….

*
Ayol. Kulgu. Yolg'on. Bayram. Baxt,
Qudrat. Qo'rquv. Borliq va Sarob.
Ayol. Yig'i. İsyon. İtoat.
Olov. Arqon. O'lim. Vassalom.

Erkak. Qusur. Qolgani yallo,
Ayol. Gunoh. Do'zaxiy mutlaq.
Ayol qulning qulidir, illo,
Erkak – xudo. Xudo doim haq.

Ayol – og'ir ko'z yosh, ulkan oh,
O'zing bas kel, yagona Alloh...

17. 05. 2021.

Mehrinoz

@abbosova_mehrinoz