Get Mystery Box with random crypto!

Skripkali xayollar Shams sharqona tavoze bilan ena boshlar as | Laylo Sobir qizi

Skripkali xayollar

Shams sharqona tavoze bilan
ena boshlar asta mag'ribga
Huvillagan kuzgi bog'larda
o'rtanadi sariq skripka.

Daraxtlardek bo'lurman ozod,
Shamollardek kezgum telbarib.
Lazzatlanib simiraman, oh,
Noyabrning ohanglarini.

Ayolligim eslatar mezon,
Tug'ilganim –isyonmi, qasdmi?
Qiz uzatgan OTAdir osmon,
Yomg'ir –endi tuproqning hasmi.

Bu adoqsiz yo'llar– Majnunruh,
Nigohlarim boqar Laylivor.
Sozanda ham tinglovchi ham yo'q,
Skripka bor, Kuy bor, Sog'inch bor...

Mehrinoz

@abbosova_mehrinoz