Get Mystery Box with random crypto!

Qizimga! Sofiya! Ko‘zlari dengizrang qizim, Toleyingga bax | Laylo Sobir qizi

Qizimga!

Sofiya!
Ko‘zlari dengizrang qizim,
Toleyingga baxtlar bossin muhrini...
Akang ham sen borsan, dadang ikkimiz,
Sizlarga tilaymiz go‘zal umrni...

Sofiya!
Allohning mo‘jizasi sen,
Kelding — bag‘rimdasan xuddiki quyosh.
Ming shukr Rabbimga bu tuhfa uchun,
Qaroqlaringda sira ko‘rmayin g‘amyosh!

Sofiya!
Qalbimda boshlandi bahor,
Xush yasha! Xush kelding dunyoyi-dunga!
Tashakkur aytaman takror va takror,
Meni ona qilib tanlaganingga!