2021-02-01 20:37:36
#Хотира
#ИсломКаримов83
O‘lsam, janozamni bulbul o‘qisin
O‘lsam, janozamni bulbul o‘qisin,
Kuyib o‘tgan umrim sharhini aytsin.
Bardoshim haqida ash’or to‘qisin,
Mendan norozilar fikridan qaytsin.
O‘lsam, janozamni bulbul o‘qisin,
Aytolmay qolganim desin Ollohga,
Salovatlar aytsin to‘plab bor kuchin,
Bilmagan bilganim desin Ollohga.
O‘lsam, olov tanim muz bilan yuving,
Toki, kafanlarim ketmasin kuyib,
Yuvgach, yuragimga parcha muz qo‘ying,
Boray huzuriga ozgina sovib.
O‘lsam, kafanimni bulutdan qiling,
Yomg‘irga aylansin, yonsam qabrda.
Qabrimni qazsangiz sal kengroq oling,
Gunohkor bandaga tor go‘r jabrda…
O‘lsam, chinor eking qabrim boshiga,
Toki, soyasida tilovat o‘qing.
Cho‘milib yashadim ko‘zim yoshiga,
Yig‘lamang, siz faqat salovat o‘qing.
Kichkina yasating qabrtoshimni,
Qur’on oyatlarin yozdiring o‘yib,
Yozmang qabrtoshga umrim, yoshimni,
Men safarga ketdim chorig‘im kiyib.
O‘lsam, oyoq tomon, o‘ng tomonimga,
To‘rt kishi sig‘arlik kursi yasating,
Sog‘inib kelsangiz ixlosla o‘qing,
Qabrimni gul emas, Qur’on bezasin.
Актриса Дурдона Қурбонованинг “Инстаграм”даги саҳифасидан олинди
Биз билан бирга бўлинг
@Mening_Birinchi_Prezidentim
1.7K views17:37