Get Mystery Box with random crypto!

.

Telegram kanalining logotibi menimcha1 — . M
Telegram kanalining logotibi menimcha1 — .
Kanal manzili: @menimcha1
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 62
Kanalning ta’rifi

.

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 35

2022-08-06 14:01:53
Bu qanday olam bo'ldi‽

#arab_devorlari
40 viewsedited  11:01
Ochish/sharhlash
2022-08-05 18:16:18
42 views15:16
Ochish/sharhlash
2022-08-01 19:49:55
17 views16:49
Ochish/sharhlash
2022-08-01 14:49:56
Itni do'st tutib tishlashidan shikoyat qilma.

#arab_devorlari
24 viewsedited  11:49
Ochish/sharhlash
2022-08-01 03:05:24 #bismillah

1 август…треш. время, куда ты спешишь???
27 views00:05
Ochish/sharhlash
2022-07-31 22:46:58
Zamonni ayblaysizlaru, asl ayb uning odamlarida...!

#arab_devorlari
28 viewsedited  19:46
Ochish/sharhlash
2022-07-31 11:27:06
Dunyo bizni sevmadi ona...!

#arab_devorlari
28 viewsedited  08:27
Ochish/sharhlash
2022-07-31 00:42:47 Oyim jahl otiga mingan paytlari "bir kun tap etib jonim uzilsa, nima qilasan?" deb akalarimga ko'p aytardilar. O'shanda o'g'il bola, umuman farzand tarbiyalash ularga qanchalik qiyin bo'lganini hozir anglab yetyapman. Bu gapni aytishlari bilan bas qilishlarini so'rab koyib berardilar akam, men yig'lab o'tirardim anglab anglamay. Hatto hayollarim ham bu haqda o'ylashni xohlamasdim.

Oyim bilan eng ko'p yangi hovliga ko'chishimiz, men ularga shirindan shirin ovqat tayyorlab ishdan kutib olishim yana akalarimni va meni to'yim haqida hayol surar ekanmiz.

Shirin hayol surib "Daden shu kunlani kurganlarida edi" deb ko'zlariga yosh olardila, keyin gap dadam bilan bo'lgan xotiralarga ulanib ketardi odatda. Va men bu hikoyani kamida 10 marta eshitgan bo'lsam ham yana jon qulog'im bilan tinglardim.

Oyimni birorta ham dardlashadigan do'stlari yo'q edi, yolg'iz Allohdan o'zga.
Onam akalarim va men, bir birimizga shunchalik o'rganib qolgandikki, hatto mehmon kelsa ham peshanamiz bujmayib ketardi...)))
Deyarli har kun yarim tungacha suhbatlashib o'tirardik. Oyim eng yaqin dugonamga aylangandilar, bir birimizsiz tura olmasdik.

Va bir kun oyim uyga qaytmadilar, hech qanday xabarsiz. Men oyimni kutdim, sog'indim va hayolimdan zarracha ham yomon hayol kelmadi.
Yig'lardim...
O'sha kecha hayotimdagi eng og'ir kun bo'lgan deb uylardim. Saharda esa oyim bizni tashlab ketdilar... oyim vafot etdi. Men yig'lamadim. Shu darajada shokda edimki, yig'lashni unutgandim.

Hayolimga birinchi kelgan savol " meni endi oyim yo'qmi?" , " ularni qaytib bag'rimga bosolmaymanmi?" , " qaytib ismimni aytib erkalamaydilarmi?" Bu savol paydo bo'lganda qattiq og'riq sezdim. Men o'sha kuni haqiqiy og'riq asli nimaligini tushunib yetdim.

Hamma yig'ladi, men esa yig'lolmadim o'sha kun.

Necha kun uxlamaganimni eslolmayman, lekin uyquga ketish og'iq edi. Oyimni quchib uxlashni sog'inardim, muzdek oyoqlarimni oyoqlariga qo'yib isitardim. "Qizim, yaxshiyam Xudo bizga sani bergan ekan." derdila. Man aqllili qilib " haaaa, oyiii mansiz nima qilardiz agar" degan ekanman.
" Oyi, sizni sog'indim. Har doimgidan ham ko'p. Sizni sog'inibmas, sog'inchlaringizga ko'milib yashayapman..."
Yuzlari, ko'zlari ko'z oldimdan, ovozlari quloqlarimdan ketmasdi. Hamma hali yoshde, tushunmayapti hech narsani derdi, chunki hech kimga ko'z yoshimni ko'rsatmasdim, oyim shunga o'rgatgandila.

Oradan shuncha yil o'tibdi, og'riqla o'tib ketti, yara ham bitti deb ayta olmayman. Har eslaganda qaytadan bu og'riqni yashab o'taman. Ammo hozirgi og'riq oldingiga hech ham o'xshamaydi, butkul boshqa.

Hozirgi kunga qadar boshimdan o'tgan har bir ishga, hamma hammasiga Allohga shukur qilaman.

Men yolg'iz qoldim, Alloh bilan... Ha, men har dilim og'riganda borib shikoyat qiladiganim ham suyanidiganim ham Alloh edi.
Buvimni gaplarini esladim. " San bu qorako'zlarini yer-u ko'kka ishonmasding, endi kimga ishonib topshirib ketding?!" deb dod solib yig'lagandila.


Alloh borku... oyimni bergan ham Alloh, olgan ham Alloh...
Alloh bizga ota - onalarimizdan ham mehribonroq bo'lgan Zot.

Volidamsiz, Jannat eshigimsiz qoldim. Ammo bu musibat emas. Ha men butkul yolg'iz qoldim, Robbim bilan, himoyasiz emas.
Hamma o'zgardi, niqobini yechib asl qiyofasi ko'rsatdi, Ammo menda Robbim bor edi. Haqiqiy musibat Robbisiz qolish emasmi, Uni tanimay o'tish emasmi?

Hozir Allohga taqdirimda bo'lgan har bir ish uchun hamd aytaman. Endi Unga isyon qilib yig'lamayman, hammasi uchun shukronalar aytaman.
Aslida hammasi xayr uchun bo'lgan ekan deyman.
Buni tushunib yetishimga naqd 6 yil kettiyaa..
Siz ham hayotda biror yaqiningizni yo'qotgandirsiz, men sizga bu hislarni yashab o'tgan inson sifarida aytaman, bu musibat emas, shukr qiling!
Kimnidir yo'qotish sizni mahzun qilishi tabiiy, lekin uni Allohga topshirib qo'ysangiz qalbingiz haqiqiy taskin bir kun topadi. Hamd ayting.

Shukur qilishga sabab topa olmasangiz kofir emasligingizga shukur qiling.


#thoughts
29 viewsedited  21:42
Ochish/sharhlash
2022-07-30 21:51:37 Ko'rib yuragim to'riga ko'mib qo'ygan edim bu kitobni...))) Va yana shu kunlarda aynan shu mavzuda kitob istab yurgan edi bu ko'ngil. Bugun esa muallif men juda ham hurmat qiladigan va ixlosim baland ahli ilm, ilm sohibi ekanligini kashf etdim... Aniqki…
24 views18:51
Ochish/sharhlash