Get Mystery Box with random crypto!

.

Telegram kanalining logotibi menimcha1 — . M
Telegram kanalining logotibi menimcha1 — .
Kanal manzili: @menimcha1
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 62
Kanalning ta’rifi

.

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2023-02-19 19:49:36 Osmondagi qushlarning uchish yo'lini belgilagan Robbim, seni yo'lsiz va chorasiz qoldirmas...
33 views16:49
Ochish/sharhlash
2023-02-18 19:12:02
43 views16:12
Ochish/sharhlash
2023-02-18 18:34:23
43 views15:34
Ochish/sharhlash
2023-02-18 15:50:22
Tinchlanishsaydi…
Tinch boʻlishsaydi…
Tinch qoʻyishsaydi…
59 viewsedited  12:50
Ochish/sharhlash
2023-02-18 14:27:10 ​​#Qalb_manzilalari

Qalb (1): ta’rif va taqsim

«Qalb»ning asli «taqallub»dir. Taqallub - «aylanish», «ag‘darilish», «tebranish» va «o‘zgarish» degani. Qalb bir holatdan boshqa holatga ko‘p o‘zgargani uchun shunday atalgan.

Qalb so‘zi Qur’onda 3 xil ma’nodan birida keladi:
1. Aql. «Albatta, bunda qalbi (ya’ni aqli) borlar uchun eslatma bordir». (Qof:37)
2. Fikr. «Ularning qalblari (ya’ni fikrlari) tarqoqdir». (Hashr:14)
3. Ko‘ksidagi haqiqiy-ruhoniy qalb. «Lekin ko‘ksilardagi qalblar ko‘r bo‘ladi». (Haj:46)

Mana shu uchinchi ma’nodagi qalbni ayrim mufassirlar 7 ta qismga bo‘lganlar:
1. Kofirning qalbi: «Oxiratga iymon keltirmaydiganlarning qalblari inkor qiluvchidir». (Nahl:22)
2. Munofiqning qalbi: «Ularning qalblarida maraz bor». (Baqara:10)
3. Osiyning qalbi. «Qalblari Allohning zikridan qotgan kimsalarga vayl bo‘lsin». (Zumar:22)
4. Xos bandalarning qalblari. «Qaytuvchi (tavba qiluvchi) qalb bilan kelgan (kimsaga jannat va’da qilingandir)». (Qof:33)
5. Muhib - Allohni yaxshi ko‘ruvchi bandaning qalbi. «Shubhasiz, bunda qalbi borlar va zehn bilan quloq osganlarga eslatma bordir». (Qof:37)
6. Allohdan qo‘rquvchi bandaning qalbi. «Albatta, Alloh zikr qilingan vaqtda qalblari titraydiganlar... mo‘minlardir». (Anfol:2)
7. Abadiylik diyorida Alloh bilan uchrashuvni intiqib kutgan orifning qalbi. «Allohga salomat qalb bilan kelgan kimsagina (qiyomat kuni manfaat topadi)». (Shuro:89)

Shamsuddin Sadruddin

@mutahhar_uz
43 views11:27
Ochish/sharhlash
2023-02-18 09:42:36
43 views06:42
Ochish/sharhlash
2023-02-18 07:27:24 hamma narsa haqida ikki og‘iz: hech narsa.
42 views04:27
Ochish/sharhlash
2023-02-18 06:57:38 Koshki haqiqiy sevgi, haqiqiy panoh, meni baxtli qila oladigan hamma narsa yolgʻiz Allohda ekanini doim aqlimda ushlab qololsaydim..shu aqiydada turolsaydim..bir on boʻlsa ham unutmasaydim..
Ammo insonmiz, unutamiz..koʻp unutib qoʻyamiz.
Nimani unutmasak ham, shu haqiqatni unutamiz.
Dunyoga choʻkib ketamiz, goʻyo Alloh yoʻqdek, oxirat hayoti ertakdek, goʻyo bu dunyoda abadiy qoladigandek umrimizni behudaga sarflaymiz.
Qayerga? Bu ketishimiz qayerga?
Oʻlganimizdan keyin aqlimiz kiradimi?
Hisob kuni qoʻlimizga amal daftarimiz berilganda holatimizni oʻzgartiramizmi?
Oʻlgandan keyin nima foydasi bor?
Qaytarishning imkoni boʻlmagandan keyin, oʻlim talvasasi yoqamizdan olganda nima foydasi bor?
Biz bu dunyoda Uning chegarasini buzib yashaganimizdan keyin bizni nima baxtli qila oladi? Baxtli boʻlsak ham, qancha muddat baxtli boʻlamiz?

Boʻsh..boʻm boʻsh..

Boʻshliq..
Allohni unutgach, unutilishdek bir qoʻrquv boʻgʻzimizga pichoq kabi taqalib qolishini istardim..u pichoq jon tomirimizga shunday taqalsinki, bizga Allohni doim xotirlatsin.
Kerak boʻlsa, oʻzimizni, har kimni va hamma narsani unuttirsin, ammo Allohni aslo..aslo unuttirmasin.

Farohun
45 views03:57
Ochish/sharhlash
2023-02-17 15:50:05
Hasan's master piece
37 viewsedited  12:50
Ochish/sharhlash
2023-02-17 15:46:56
My master piece
37 viewsedited  12:46
Ochish/sharhlash