Get Mystery Box with random crypto!

​​Agar moviy rangni sevsang sen uni quyoshda ham koʻrolasan. | Mendan iborat!

​​Agar moviy rangni sevsang sen uni quyoshda ham koʻrolasan.

Yolgʻizligingni yoqtirsang millionlab insonlar ichida ham yakka oʻzingni nafasingga singib keta olasan

Sohangga chindan mehr qoʻygan boʻlsang, mashaqqatining koʻpligidan koʻproq yaxshi koʻrolasan.
Kechmishingni vijdonan yashashga uringan boʻlsang, demakki, yashalgan har bitta kuningni qadrini bilasan, ayniqsa, vijdoningga xilof yoʻl tutgan kunlaringni

Mushukka boshqalardan koʻproq mehrliroqman deb daʼvo qilsang, uning tirnoqlari qoʻlingni qontalash qilsa-da qalbingni umuman azoblay olmaydi.

Agar dengizni yaxshi koʻrsang, ummondan ayro kechgan yillar natijasida sogʻinchga toʻlgan gʻarib tomchida ham uning iforini his qila olasan

Yomgʻirni sevish — shivalab tomchilagan yomgʻir ostida soyabon taqqancha yurishgina emas, izgʻirinda ayovsiz yoqqan tomchilarni to u osmondan yuzingga qadar kelguncha kutib olish ham ekanini his qilgan boʻlsang, sen sevgan koʻp yaxshilarni yomonliklarini ham seva olish burching ekanini bilasan.
Va shunisi ham aniqki, sen koʻradigan hamma narsada sen yaxshi koʻradigan hamma narsaning eng kamida eng mitti zarrasi mavjud. Uni koʻrolishing esa oʻzing yaxshi koʻrganlar bilan qanchalik yaqin ekaning bilan bogʻliq

Demoqchi boʻlganim, nuqsoni bilan sevibgina toʻkis muhabbatni yaratish mumkin...

Nodirangiz)
T.me/Mendaniborat