Get Mystery Box with random crypto!

Vitaminlar eng koʻp boʻlgan kuzgi mahsulotlar Behi tarkibid | Mehribon Shifokor

Vitaminlar eng koʻp boʻlgan kuzgi mahsulotlar

Behi tarkibida katta miqdordagi pektin moddasi mavjud boʻlib, ular boʻgʻimlarning ishlashi uchun zarurdir. Uning boy tarkibi immunitet tizimi uchun zarur boʻlgan A, Ye, C kabi vitaminlarni oʻz ichiga oladi.
Lavlagi koʻpchilik uchun sevimli sabzavot boʻlib, tarkibida V va C vitaminlari, fosfor va mis bor. Ayniqsa, yurak-qon tomir kasalliklari, semirish, buyrak va jigar kasalliklari bilan ogʻrigan insonlar uchun foydalidir.
Qoʻziqorinlar koʻplab mikroelementlarini oʻz ichiga olgan mazali mahsulotdir. Qoʻziqorinlarda A, V, C, Ye vitaminlari, kaliy, fosfor, kalsiy, natriy, temir, rux, kalsiy bor.
Karam oddiy holatda ham, tuzlangan holatda ham davolovchi xususiyatlarga ega. Tarkibida V, A, C guruh vitaminlari, sink, foliy kislotasi, shuningdek metilmetionin(oshqozon -ichak traktining toʻgʻri ishlashi uchun zarur modda)ni oʻz ichiga oladi.

Mehribon Shifokor