Get Mystery Box with random crypto!

Ijtimoiy tarmoqlarda “Ko‘p ishlash mehnat unumdorligini oshirm | Bandlik Vazirligi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Ko‘p ishlash mehnat unumdorligini oshirmaydi” sarlavhasi ostida chiqarilgan xabar yuzasidan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi quyidagilarni ma’lum qiladi.

O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Mehnat kodeksining 114-moddasida ish vaqti tushunchasiga tavsif berilgan: “Xodim ish tartibi yoki grafigiga yoxud mehnat shartnomasi shartlariga muvofiq o‘z mehnat vazifalarini bajarishi lozim bo‘lgan vaqt ish vaqti hisoblanadi”.

Shuningdek, Yangi tahrirdagi mehnat kodeksida ish kuni grafigi va dam olish kunlariga oid munosabatlarni va ular bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishning asosiy prinsiplariga bog‘liq normalar mavjud, masofadan turib ishlovchi xodimlarning mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlariga oid normalar aks ettirilgan alohida bob kiritilgan bo‘lib, ushbu kodeksda ham ushbu munosabatlar to‘liq qamrab olingan.

BATAFSIL


Kanalga ulanish
https://t.me/mehnatvazirligi