Get Mystery Box with random crypto!

Mehnat kodeksining 122 -moddasi. Tungi vaqtdagi ishning m | Bandlik Vazirligi

Mehnat kodeksining 122 -moddasi.

Tungi vaqtdagi ishning muddati

Soat 22-00 dan to soat 6-00 gacha bo‘lgan vaqt tungi vaqt deb hisoblanadi. Agar xodim uchun belgilangan kundalik ish (smena) muddatining kamida yarmi tungi vaqtga to‘g‘ri kelsa, tungi ish vaqti muddati bir soatga, ish haftasi muddati ham shunga muvofiq ravishda qisqartiriladi. Ishlab chiqarish sharoitlariga ko‘ra zarur bo‘lgan hollarda, xususan ishlab chiqarish uzluksiz bo‘lgan joylarda, shuningdek bir kun dam olinadigan olti kunlik ish haftasi sharoitida smena bo‘lib ishlanayotgan joylarda tungi ish muddati kunduzgi ish muddatiga tenglashtiriladi.

Xodimlarni tungi vaqtdagi ishga jalb etish ushbu Kodeksning 220-moddasi beshinchi qismida va 228, 245-moddalarida belgilangan cheklashlarga rioya etgan holda amalga oshiriladi.

Kanalga ulanish
https://t.me/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
Mehnat.uz I Facebook I Instagram I Twitter I Telegram I YouTube