Get Mystery Box with random crypto!

JALAQUDUQ TUMANIDA “YOSH VOLONTYORLAR”NING TARGʻIBOT DASTURI | MEDIASMI | RASMIY KANAL

JALAQUDUQ TUMANIDA “YOSH VOLONTYORLAR”NING TARGʻIBOT DASTURI

“Yosh volontyorlar”ning targʻibot dasturlari viloyatimiz boʻylab davom etmoqda. Navbatdagi manzil Jalaquduq tumanidagi “Doʻstlik” MFYga qarashli Andijon, Guliston, Obod, Amir Temur koʻchalari boʻldi.

Targʻibot davomida talabalar tomonidan aholiga sogʻlom turmush tarziga rioya qilish, toʻgʻri ovqatlanish, bemorga uy sharoitiga birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatish, karantin qoidalariga amal qilish, shuningdek, issiq kunlarda oftob urishidan saqlanish va uy sharoitida davolash usullari toʻgʻrisida maʼlumotlar berib oʻtildi.

Toʻgʻri ovqatlanish qoidalariga amal qilish boʻyicha tarqatma materiallar ulashildi.