Get Mystery Box with random crypto!

Shundan keyin Frontend bootcamp yo'nalishini tanladim. Fronten | MJ

Shundan keyin Frontend bootcamp yo'nalishini tanladim. Frontend yo'nalishini tugatganimga ham 3 haftacha bo'lib qoldi. Hozirda Abutech kompaniyasida "стажер"man.

Bootcampda o'qish:

To'g'risi bootcampda o'qish ancha fikrlashimni o'zgartirdi. Bunga sababchilardan bo'lgan Muhammadjavohiraka ustozimga rahmat:). IT ga bo'lgan fikrimni ancha o'zgartirdilar. O'quv kurslarining boshida el qatori men ham "IT ni 1 yil davomida o'rganib u-bu kompaniyaga kamida 400$ ga ishga kiraman va zo'r dasturchi bo'laman" deb yurar edim. Lekin hozir shuni tushunib yettimki dasturchi hech qachon (o'z yo'nalishida) mukammal bo'la olmas ekan. Har vaqt yangi narsani o'rganish va siz o'zingizning yo'nalishingizdagi biron narsani bilmasligingiz bu oddiy holatligini tushinib yetishingiz kerak ekan. Ko'pincha mendan falon narsani bilasizmi deb bilmaydigan narsamni so'rashsa kayfiyatim tushib ketar edi. Biron narsani bilmaslik bu oddiy holatligini va bu bir yerda to'xtab qolmaslik uchun foyda berishini tushunib yetdim.

O'quv markazida o'qiyotganlarga maslahat:

1 yildan ko'proq o'quv markazida o'qib olgan tajribalarim, xatolarimni ulashsam kimgadur foydasi tegadi deb o'yladim.

- O'quv markazidan ko'p narsani umid qilib qolmaslik - Ko'pincha talabalar o'quv markazini bilim aparati deb o'ylashadi. Shunchaki borib kelsam o'rganib qolaman deb shunchaki kelib ketishadi. O'zlarining ustilarida ishlashmaydi. Qo'shimcha amaliyot qilishmaydi. O'quv markazi sizlarni mutaxassis qilib qo'ymaydi. Mutaxassis bo'lish uchun ishlash kerak. Bir hil bollardan eshitib qolaman "Falon o'quv markaziga borib bitirsang 'Middle' darajasiga chiqazib berishadi" juda kulguli). O'quv markazi o'zining o'qitish uslubi bo'yicha o'quvchilarni 'Middle' uyoqda tursin 'Junior' darajasiga ham olib chiqib bera olmaydi. Bu o'quv markazi yomonligi yoki o'qituvchilar bilimsizligidan emas. Bu hammasi tajribadan. Zo'r o'qigan talaba uzog'i junior bo'lishi mumkin)

- Kun tartibi - Tartib bu insonning biron bir natijaga erishishi uchun katta sabablaridan biri bo'ladi. Tartibni ish qanchalik muhim bo'lishiga qaramay vaqtida uxlab vaqtida uyg'onishdan boshlash kerak.

- Olingan bilimlarni mustahkamlash - Yangi o'rganilgan mavzuni mustakamlashning eng yaxshi yo'li (yagona desa ham bo'ladi) o'rganilgan mavzu bo'yicha biron bir tajriba qilib ko'rish. Yangi mavzuni zo'r tushungan bo'lsangiz ham tajriba qilib ko'rmasangiz tagi teshik idishga suv qo'yganday bo'ladi. Idishni ichini nam qilib ketgani qoladi holos. Hech bo'lmasa berilgan uyga vazifalarni to'liq bajarish kerak.

O'qish davomida olingan taassurotlarim va tajribalarimdan bir parchasi shular edi. Yaqin orada yana dasturchilar uchun muhim postimni chiqarish niyyatidaman (Balkim video olarman. Yana bilmadim).

O'zingiz ustingizda ishlab rivojlanishda to'xtamang.)