Get Mystery Box with random crypto!

​Matematikani nega o‘rganamiz? (Sarkazmik drabl) «Oliy matem | Matematikadan repetitor

Matematikani nega o‘rganamiz?

(Sarkazmik drabl)

«Oliy matematika» darsida integrallardan misol yechishni ko‘rsatib berayotgan o‘qituvchi Erikdan studentlardan biri so‘radi:
— Domla, shu integralni hayotimizda baribir ham ishlatmaymiz manimcha. Mana o‘zimdan misol, shu paytgacha matematikadagi narsalar biror marta hayotimda uchramagan. Yo endi uchraydimi?
Erik qo‘lidagi bo‘rni stol ustiga qo‘ydi va xotirjam ovoz bilan dedi:
— Man sizlarga o‘rgatayotgan narsalarimni hayotingizda uchratasiz deganmanmi biror marta?
— Yo‘q, domla, o‘shanga so‘ruttimizda — dedi shevasi udar boshqa student.
— Hayotingizda albatta hech qachon uchratmaysiz bularni, jumladan integralniyam.
— Iye, ha unda nimaga o‘rganutto‘, befoyda vaqtimizzi ketqazib, ha uni o‘nniga maza qilib spesimizzi o‘qisak bo‘maydimi do‘mla?
— Unda biz matematika o‘qituvchilarining bolalarini kim boqadi uka? — dedi Erik qo‘lini nam salfetka bilan artarkan.
Xonada kulgi ko‘tarildi.
— Boshqa ish qilinglar sizlar, kashfiyotlar qilinglar matematikada — bilag‘onlik qildi yana allaqaysi student.
— Moliya masalasi nima bo‘ladi unda? Faqat ilmiy ishga sho‘ng‘ib o‘tirganimiz uchungina qornimiz to‘q, ustimiz but yursa mayli edi. Axir biz kelajagi buyuk davlatda yashaymiz, hoziri buyuk davlatda emas. Chiqing davomini integrallab qo‘ying — dedi Erik keskin ohangda.
— Uzr, domla, man matematikani tushunmayman.
— Yashasin bepul ta’lim! — dedi Erik yana bo‘rni qo‘liga olib doska tomonga yo‘nalarkan...
Erkin Aliyev

@matematikadan_repetitor