Get Mystery Box with random crypto!

​Sherzod Turdiyev: O‘zbekiston - terrorizm va diniy ekstremizm | Matematikadan repetitor

Sherzod Turdiyev: O‘zbekiston - terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi!!!

Kun bo‘yi maqola parchalaridan repostlarni o‘qib qisqacha fikr bildirib qo‘yaqolgan edim. Hozir o‘sha o‘chirilishi talab etilgan 2 maqola, Azon.uz muharriri rasmiy bayonoti-yu, ikki maqoladan biri tahrirlanib asos qilib olingan Kun.uz maqolasini to‘liq o‘qib chiqdim.
Yetib kelyabmiz birodarlar. Avvaliga Kun.uzdagi bir fanatik Prezident 4 yil davomida gapirgan gaplariga din prizmasi orqali qarab, soqol, masjidga bolalar chiqishiga ruhsat bo‘lgani va umraga cheklovni olib tashlanganiga minnatdorchilik bildirib, umra va hajni davlat nazoratiga olganini monopoliya deb atab, burnini jiyiribdi. Azon.uz muharriri esa Prezident nutqidagi birgina iborani shunday ko‘pirtiribdiki, uni o‘qigan odam O‘zbekistonda millionlab odamlar islomiy maktab ochilishini ovqat ham yemay, ko‘zda yosh bilan kutib o‘tiribdi. Har bir tumanga, maktabga alternativ xujralar ochilsayu, dunyoviy bilim olib bo‘lgach bola xurjunini ko‘tarib, so‘ppisini kiyib, qizlar esa qora qopga o‘ranib madrasaga ketsada
Shu gaplaringga "To‘xtaniyoz otanikidan yebsan dolb&y@b" deydigan odam yo‘q.
Avvaliga axborot erkinligi cheklanibdi deb biroz achinibman ham. Bu zombilar iddaosini yaxshilab o‘qisangiz, tekst ostida keyingi talabimiz: "maktabda qur’onni yodlatishga ruhsat", "xalifat", sal keyinroq "xayz ko‘rgan qizga uylanishga ruhsat", "burqa kiymagan ayollar toshburon qilinsin" -degan iddaolar elas-elas eshitilib qoladi. Yaqindagina "Qora burqa kiymagan ayollar fohisha, ularni toshburon qilish joiz" — deb ham fatvo bilan chiqqan edi shu Azon.uzdagi bir ekstremist. Xalq reaksiya bildirgach, maqolasini o‘chirib, bu mening shaxsiy fikrim deya juftakni rostlagan o‘shanda. Mana yana huruj qilyabdi bu fanatiklar.
Azon.uz ga bari o‘zi kabi islamistlarni yig‘ib olgan Mubashir domla birpasda uzidan mazlum yasab, ko‘rpa-tushak qilib yetib olibdi mug‘ombir. ))
OAV sifatida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsang axborotingni ulashib, o‘zingni ishingni qil, nima qilasan dinni targ‘ib qilib, davlatga ultimatum qo‘yib?! Prezident so‘zini o‘z manfaatiga mos talqin qilib, tanqid qilingach Prezidentga orqa qilib, uni ortiga berkinmoqchi bo‘lgan bu kabi pisib yetgan ilonlardan ehtiyot bo‘lish kerak. Qizig‘i bularni pobegda yurgan salafiylar qo‘llab, postlarini ulashib yotishibdi.

@matematikadan_repetitor