Get Mystery Box with random crypto!

Xususiy oliygohdan davlat oliygohlariga o‘qishni ko‘chirish ta | Abituriyent Testlari

Xususiy oliygohdan davlat oliygohlariga o‘qishni ko‘chirish tartibi qanday?

Prezident qarori (15.06.2022, 279-son)ga ko‘ra talabadan alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar, boshqa ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha test sinovlari o‘tkaziladi.

Bunda, kasbiy (ijodiy) imtihonlar tegishli oliy ta’lim muassasasi tomonidan, test sinovlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladi.

Test sinovlari va kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘yicha o‘tish ballari har yili 15-iyulga qadar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar tomonidan belgilanadi hamda Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Test sinovlari va kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari Bilim va malakalarni baholash agentligi hamda tegishli oliy ta’lim muassasasining rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinadi.

Abituriyent rasmiy kanali
https://t.me/+Or9h40Wr0qA2MDZi
https://t.me/+Or9h40Wr0qA2MDZi