Get Mystery Box with random crypto!

Qabul-2023: Abituriyentlar uchun 29.000 ta yangi test tayyorla | Abituriyent Testlari

Qabul-2023: Abituriyentlar uchun 29.000 ta yangi test tayyorlandi. Salkam 4.000 nafar nazoratchi ishga olindi!

Mutasaddilarga optik skaner va ularga ehtiyot qismlar xarid qilishni tezlashtirish topshirildi.

2023/2024-oʻquv yili uchun test sinovlari oʻtkaziladigan 92 ta yopiq inshoot tanlab olindi hamda ularning reja chizmalari tayyorlanib, mahalliy hokimlik va idoralar bilan kelishilgan holda tasdiqlandi.

Shuningdek, test sinovlari oʻtkaziladigan 15 ta umumtaʼlim fanidan 26 520 ta va qardosh (qozoq, qirgʻiz, tojik, turkman) tillardan 2 400 ta test topshirigʻi shakllantirildi va ekspertizadan oʻtkazildi. Keng jamoatchilik orasidan test sinovlarida guruh nazoratchiligiga nomzod sifatida roʻyxatdan oʻtgan 8 956 nafar talabgordan 4.000 nafarga yaqini saralab olindi va ular bilan shartnomalar rasmiylashtirilmoqda.

Abituriyent rasmiy kanali
https://t.me/+Or9h40Wr0qA2MDZi
https://t.me/+Or9h40Wr0qA2MDZi