Get Mystery Box with random crypto!

Fan oyliklari

Telegram kanalining logotibi matematika_fan_oyligi — Fan oyliklari F
Telegram kanalining logotibi matematika_fan_oyligi — Fan oyliklari
Kanal manzili: @matematika_fan_oyligi
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3.40K
Kanalning ta’rifi

Bu yerda siz
✅Dars jarayonida kerak bo'ladigan barcha xujjatlarni topasiz
✅Fan oyliklariga atalgan tanlovlarda qatnashish imkoniyatiga ega bo'lasiz.
❗Fayllarni tez topish uchun mediada qidiruvga bering!!!
Admin bilan bog'lanish: @kanal_adminkasiga

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 6

2022-06-15 03:04:54 Toshkent viloyati Bekobod tumani 2-maktab Abdurazakova Gulbahor
1-2-sinflar uchun ta'til topshiriqlari

https://t.me/matematika_fan_oyligi
2.6K views00:04
Ochish/sharhlash
2022-06-15 03:04:18 #устама

Ўқитувчиларга ойлик устама белгилаш бўйича баҳолаш мезонлари

Педагог ходимларнинг фаолиятини баҳолаш мезонлари асосида тўплаган умумий баллари бўйича уларга қуйидаги миқдорларда устама ҳақ белгиланади:

65 — 70 балл тўпласа — 10 фоиз;
71 — 75-балл тўпласа — 15 фоиз;
76 — 80 балл тўпласа — 20 фоиз;
81 — 85 балл тўпласа — 25 фоиз;
86 — 90 балл тўпласа — 30 фоиз;
91 — 95 балл тўпласа — 35 фоиз;
96 — 100 балл тўпласа — 40 фоиз.

https://t.me/matematika_fan_oyligi
3.1K viewsedited  00:04
Ochish/sharhlash
2022-06-08 03:54:18 ​​​Ustama belgilash boʻyicha boshqarma boshliqlariga, mudirlarga va maktab direktorlariga Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan koʻrsatma berildi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30 sentyabrdagi “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi BM-823-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi BM-831-sonli qarori bilan oʻzgartirish kiritilgan) taʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlariga ustama haqlari berish tartibi belgilab berilgan boʻlib, mazkur ustama haqlari berish tartibi boʻyicha quyidagilarni:

1. Ushbu qarorga asoslanib Xalq taʼlimi vazirligining 2021-yil 16 sentyabrdagi 03-02/03-2504-sonli xati bilan tasdiqlangan roʻyxat boʻyicha 2022-2023 oʻquv yili uchun umumtaʼlim muassasalaridagi oʻqituvchilarning bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar belgilashda faqatgina yuqorida qayd etilgan xatdagi olimpiadalar, koʻrik tanlovlar, musobaqalar hamda sinfdan tashqari ishlarning natijasini inobatga olinishi koʻrsatib oʻtilganligini;

2. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi “Iqtidorli oʻquvchilar oʻrtasida fan olimpiadalarini oʻtkazish tizimini takomillashtirish hamda xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktabni aniqlash tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi 312-son Qarori bilan tashkil etilgan “Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab” tanlovi ushbu roʻyxatga kiritilmaganligi va ushbu tanlov muayyan bir oʻqituvchining yutugʻi emasligi sababli, hamda ushbu koʻrik tanlov natijasi boʻyicha ishtirokchilar moddiy ragbatlantirilishi (pul mukofotlari bilan) sababli, oʻqituvchilarga har oylik ustamalar belgilashda ushbu koʻrik-tanlov baholash mezoni sifatida inobatga olinmasligi;

3. Umumtaʼlim muassasalaridagi oʻqituvchilar bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustama belgilash yuzasidan baholanishi jarayonida maʼlum bir mezondan (jumladan malaka oshirish) yetarlicha yoki umuman ball toʻplay olmagan boʻlsa ham umumiy toʻplagan natijasiga qarab baholanishini, shuningdek 2022-yil uchun bundan avval oʻqituvchilar tomonidan olingan hamda amal qilish muddati oʻtmagan 5-yillik malaka oshirganlik toʻgʻrisidagi guvohnomalari ustamalarni hisoblashda inobatga olinishini maʼlum qilamiz.

Asos: Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi 25-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xalq taʼlimi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida"gi nizomning 69-bandida xalq taʼlimi tashkilotining har bir xodimi, joriy yilning 6-oktyabridan 15-oktyabriga qadar, oʻz ehtiyoji va ixtiyoridan kelib chiqib, navbatdagi kalendar yilda malaka oshiradigan ixtisoslashtirilgan taʼlim tashkilotini tanlashi belgilangan boʻlib, ushbu xodimlar kalendar yilining 1-yanvardan 31-dekabriga qadar malakasini oshirish imkoniyati mavjudligi.

Yuqoridagilarni inobatga olib, ustama haq belgilash jarayonlarida kelib chiqishi mumkin boʻlgan muammolarning oldini olish maqsadida umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarining faoliyatini baholashda Xalq taʼlimi vazirligining yukoridagi koʻrsatmalariga amal qilishingiz soʻraladi.

Xalq taʼlimi vaziririning birinchi oʻrinbosari Usmon Sharifxodjayev

https://t.me/matematika_fan_oyligi
6.9K viewsedited  00:54
Ochish/sharhlash
2022-06-08 03:54:18 O‘zR Xalq ta’limi
vazirining buyrug‘i
№ 414
2021-yil 24- dekabr

,,Umumiy o‘rta ta’lim
maktablari uchun
2022-2023-o‘quv yiliga
mo‘ljallangan tayanch
o‘quv rejasini tasdiqlash
to‘g‘risida‘‘

https://t.me/matematika_fan_oyligi
5.1K viewsedited  00:54
Ochish/sharhlash
2022-06-07 04:39:22 Fan oyliklari pinned Deleted message
01:39
Ochish/sharhlash
2022-06-04 11:16:39 Endilikda Ustamaga hujjat qilib tayyorlab chiqaman deb, vaqtingizni ketkizib yurmaysiz. Mana 3-Sinf uchun Matematika, Ona tili va O'qish fanlaridan tayyor Past uzlashtiruvchi uquvchilar bilan ishlash hujjatlari. 2021-2022-O'quv yili uchun tayyorlab chiqqanmiz

https://t.me/matematika_fan_oyligi
5.7K viewsedited  08:16
Ochish/sharhlash
2022-05-31 16:26:19 #ustama

2022-2023 o'quv yili uchun umumta'lim muassasalaridagi o'qituvchilarning bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalarni belgilash haqidagi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan hududiy boshqarmalar rahbarlariga va maktab direktorlari uchun yuborilgan ko'rsatma xat matni

@TALIM_FIDOYILARI_KANALI
8.3K views13:26
Ochish/sharhlash
2022-05-31 05:27:35 Мактаб "Ремонт"и учун ростдан ҳам маҳаллий бюджетдан пул ажратиладими?

Ҳар ўқув йили якунида ана шу масала кўтарилади. Ҳар ўқув йили сўнггида ўқувчилар мактабни ўта таъмир талаб ҳолатга келтириб қўядилар. Халқ таълими вазирлиги пулни маҳаллий бюджетдан олиняпти дейдию, ваҳоланки мактабга ҳеч қандай пул ижратилмаслигини, агар ажратилса ҳам етиб келмаслигини барчамиз яхши биламиз. Хўш ремонт учун мактабларда ўртача ҳар бир бола учун неча пулдан йиғилади!?

Айтайлик, агар синфда 30 та ўқувчи бўлса, шундан 5-10 таси кам таъминланган ва қурби етса ҳам пул бермайдиган ота-оналар бўлса, ўртача 50.000 сўмдан пул йиғилган тақдирда 1 млн - 1 млн 250 минг атрофида пул йиғилади (Агар у ҳам йиғилса). Фарзандимнинг синф хонаси тахминан 9х6 экан.
Пол учун бўёқ 3 та "банка" - 300.000-400.000 сўм атрофида
Деворнинг пастки қисми учун 2 та "банка" - тахминан 200.000-250.000 сўм
Деворнинг юқори қисми учун 150.000-250.000 атрофида.
Уста ҳаққи деган нарса ҳам бор (қорнини тўйдириш ҳам). Усталар қолган пулга рози бўлишармикин. Бу бир кунлик иш эмасда. Мен ҳозирча фақат синф хонаси ҳақида гапирдим. Корридорни ким ремонт қилади!? У ҳам ўқитувчини зиммасидаку. Мен мен санаб ўтмаган яна бошқа чиқимлари ҳам бор. Уларни ким қилади. Ўқитувчини ойлиги ўзидан ошмаса, ота-оналар 50 мингни беришни истамайдику, ўқитувчи 1-1.5 миллион пулни чўнтагидан чиқариши керакми? Қани мантиқ? Ўқитувчини бола-чақасини ким боқади у ҳолда.

Қанийди ўқитувчилар ҳам пул йиғмай, бошини оғритмай меҳнат таътилига чиқиб кетса, қайтиб келганида эса давлат томонидан ремонт қилинган тайёр хонага кириб дарсини бошласа.

Бу масалани Халқ таълими вазирлиги аниқ қилиб маҳаллий бюджет билан келишиб олиши керак ва пулни аниқ ажратиб бериш керак ёки пул йиғилиши таъқиқланади деган баёнотни бас қилиб, ҳадеб ўқитувчиларни айбдорга чиқаравериш керак эмас. Агар маҳаллий ҳокимликка вазирлик мурожаат билан чиқса, ўқитувчиларга бу: "Бюджетимизда пул йўқ, ҳомийлик асосида пул йиғинг" деган йўсинда буйруққа айланиб ўқитувчиларга етиб келади. Ўқитувчилар нима қилишини билмай икки ўт орасида. На ота-оналардан пул йиғишни билади, на маҳаллий ҳокимиятни пулидан умидвор. Хуллас кимдир аниқ ечимини берадими? Вазирлик аниқ бир ечим берадими ўзи?

Шуни эсингиздан чиқарманг: Ўқитувчи ремонтга йиғилган пулни ўзи учун ишлатмайди.

https://t.me/matematika_fan_oyligi
10.3K views02:27
Ochish/sharhlash
2022-05-30 02:55:02 2022-2023 ўқув йили учун устама белгилашда хисобга олинадиган фан олимпиадалари ва тадбирлар

https://t.me/matematika_fan_oyligi
10.7K viewsedited  23:55
Ochish/sharhlash
2022-05-30 02:55:01
Педагог ходимларнинг фаолиятини баҳолаш мезонлари асосида тўплаган умумий баллари бўйича уларга қуйидаги миқдорларда устама ҳақ белгиланади:

65 — 70 балл тўпласа — 10 фоиз;
71 — 75-балл тўпласа — 15 фоиз;
76 — 80 балл тўпласа — 20 фоиз;
81 — 85 балл тўпласа — 25 фоиз;
86 — 90 балл тўпласа — 30 фоиз;
91 — 95 балл тўпласа — 35 фоиз;
96 — 100 балл тўпласа — 40 фоиз.

Ustama ballari

https://t.me/matematika_fan_oyligi
10.7K viewsedited  23:55
Ochish/sharhlash