Get Mystery Box with random crypto!

​​​Ustama belgilash boʻyicha boshqarma boshliqlariga, mudirlar | Fan oyliklari

​​​Ustama belgilash boʻyicha boshqarma boshliqlariga, mudirlarga va maktab direktorlariga Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan koʻrsatma berildi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30 sentyabrdagi “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi BM-823-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi BM-831-sonli qarori bilan oʻzgartirish kiritilgan) taʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlariga ustama haqlari berish tartibi belgilab berilgan boʻlib, mazkur ustama haqlari berish tartibi boʻyicha quyidagilarni:

1. Ushbu qarorga asoslanib Xalq taʼlimi vazirligining 2021-yil 16 sentyabrdagi 03-02/03-2504-sonli xati bilan tasdiqlangan roʻyxat boʻyicha 2022-2023 oʻquv yili uchun umumtaʼlim muassasalaridagi oʻqituvchilarning bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar belgilashda faqatgina yuqorida qayd etilgan xatdagi olimpiadalar, koʻrik tanlovlar, musobaqalar hamda sinfdan tashqari ishlarning natijasini inobatga olinishi koʻrsatib oʻtilganligini;

2. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi “Iqtidorli oʻquvchilar oʻrtasida fan olimpiadalarini oʻtkazish tizimini takomillashtirish hamda xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktabni aniqlash tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi 312-son Qarori bilan tashkil etilgan “Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab” tanlovi ushbu roʻyxatga kiritilmaganligi va ushbu tanlov muayyan bir oʻqituvchining yutugʻi emasligi sababli, hamda ushbu koʻrik tanlov natijasi boʻyicha ishtirokchilar moddiy ragbatlantirilishi (pul mukofotlari bilan) sababli, oʻqituvchilarga har oylik ustamalar belgilashda ushbu koʻrik-tanlov baholash mezoni sifatida inobatga olinmasligi;

3. Umumtaʼlim muassasalaridagi oʻqituvchilar bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustama belgilash yuzasidan baholanishi jarayonida maʼlum bir mezondan (jumladan malaka oshirish) yetarlicha yoki umuman ball toʻplay olmagan boʻlsa ham umumiy toʻplagan natijasiga qarab baholanishini, shuningdek 2022-yil uchun bundan avval oʻqituvchilar tomonidan olingan hamda amal qilish muddati oʻtmagan 5-yillik malaka oshirganlik toʻgʻrisidagi guvohnomalari ustamalarni hisoblashda inobatga olinishini maʼlum qilamiz.

Asos: Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi 25-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xalq taʼlimi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida"gi nizomning 69-bandida xalq taʼlimi tashkilotining har bir xodimi, joriy yilning 6-oktyabridan 15-oktyabriga qadar, oʻz ehtiyoji va ixtiyoridan kelib chiqib, navbatdagi kalendar yilda malaka oshiradigan ixtisoslashtirilgan taʼlim tashkilotini tanlashi belgilangan boʻlib, ushbu xodimlar kalendar yilining 1-yanvardan 31-dekabriga qadar malakasini oshirish imkoniyati mavjudligi.

Yuqoridagilarni inobatga olib, ustama haq belgilash jarayonlarida kelib chiqishi mumkin boʻlgan muammolarning oldini olish maqsadida umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarining faoliyatini baholashda Xalq taʼlimi vazirligining yukoridagi koʻrsatmalariga amal qilishingiz soʻraladi.

Xalq taʼlimi vaziririning birinchi oʻrinbosari Usmon Sharifxodjayev

https://t.me/matematika_fan_oyligi