Get Mystery Box with random crypto!

Men omadsizman Sem Uoltonning o’lim oldidan so’ngi so’zlari. | Mastermind

Men omadsizman

Sem Uoltonning o’lim oldidan so’ngi so’zlari.

Dunyodagi eng katta supermarket tarmog’i “Wallmart” asoschisi, 65 milliard dollar egasi, dunyodagi eng boy oilaning (265 mlrd$) otasi aytgan so’zlari bu.

Oddiy dehqon oilasidan chiqib, amerika prezidentlari bilan choy ichadigan darajagacha ko’tarilgan Sem umrini oxirida afsuslandi. Farzandlari, nevaralarini yaxshi tanimasligi, oilasi u bilan faqat puli uchun gaplashganini tushundi. Umri ish, biznes, imperiya qurish bilan o’tgani, yarim yo’lda esa maqsadini unutgani esiga keldi.

Oxirgi yillarda ko’p oyoqqa turgan odamlar bilan tanishdim. Hayotdagi juda ko’p muammolarini hal qilishgan. Lekin hammasini emas. Ba’zilari ota-onasini yo’qotib, yetarlicha vaqt o’tkazmaganidan afsusda. Ko’plarini esa farzandlari bilan munosabatlari yomon.

Yillar davomida pul, tanish yig’ishib, ruhiy ozuqa yig’ishmagan. Qilayotgan ishlarida ma’no ko’rishmaydi. Boshidan boshlash uchun esa kech.

Buni tushunib yetish uchun xuddi shuni yashab o’tish shart emas. Niyatimizga, oilamizga e’tibor ajratishni boshlash uchun ba’zan bitta maqola ham yetarli bo’ladi…

@azizrakhimov_blog