Get Mystery Box with random crypto!

​​ CNC sohasiga qiziqadiganlar va CNC dasturchisi bo'lishni r | Master CNC academy

​​ CNC sohasiga qiziqadiganlar va CNC dasturchisi bo'lishni rejalashtirayotganlar uchun juda qiziq post.

Bugun CNC dasturchisi bo'lish uchun birinchi qadamlar haqida qisqacha to'xtalamiz

Har bir soha professionali bo'lish uchun bir necha bosqichlar bosib o'tiladi. Professional CNC dasturchisi bo'lish uchun ham bir necha muhim qadamlar bosib o'tilishi kerak.

-qadam – CAD (Computer-Aided Design)
"Kompyuter yordamida loyihalash tizimi"
CAD dasturiy ta'minoti yordamida, ma'lum bir dastur uchun ishlatilishidan oldin balandlik, kenglik, masofa, material yoki rang kabi xususiyatlarni tasavvur qilish imkonini beradigan xayoliy makonda butun modelni qurish mumkin bo'lgan jarayon.

-qadam – CAM (Computer-Aided Manufacturing)
"Kompyuter yordamida ishlab chiqarish"
CAM – bu ishlab chiqarish jarayonlarini yengillashtirish va avtomatlashtirish uchun kompyuter dasturlari va mexanizmlaridan foydalanadigan dastur texnologiyasi hisoblanadi.

-qadam – CAE (Computer-Aided Engineering).
"Kompyuter yordamida muhandislik.
CAE - mahsulotning xatti-harakatlarini modellashtirish va o'rganish, turli muhandislik muammolarini hal qilish (strukturaviy kuch, yuk, bosim, deformatsiyani hisoblash, issiqlik jarayonlarini tahlil qilish, gidravlik tizimlar va mexanizmlarni hisoblash va boshqalar kiradi.

Keyingi postlarimizda bu qadamlarning barchasini alohida o'rganib chiqamiz, hozircha esa kichik yangilikni aytmoqchimiz. Hozir biz ko'p oylik mehnatimiz ketgan va O'zbekistonda CNC sohasi rivojlanishi uchun ulkan hissa qo'shadigan mahsulotni tugatish arafasidamiz!

Sizni qiziqtirgan CNC sohalarini quyida qoldirishingiz mumkin. Kuzatishda davom eting, oldinda ko'p foydali kontent va yangiliklar bo'ladi. @masterCNC_academy