Get Mystery Box with random crypto!

CNC termini nimaligiga o'tgan postimizda oydinlik kiritib oldi | Master CNC academy

CNC termini nimaligiga o'tgan postimizda oydinlik kiritib oldik, unda CNC dasturchi kim?

CNC sohasida faqat zamonaviy dastgohlar va kompyuterlar ishlaydi, odamlar uchun bu sohada ish yo'q desangiz adashasiz.

CNC dasturchisi – bu CNC sohasida ishlaydigan odam. Uning vazifalariga nimalar kirishi mumkin?

CNC dasturchisi CNC dastgohlarini boshqarish dasturlarini ishlab chiqadi, joriy qiladi va sozlaydi, ushbu mashinalarda simulyatsiya qiladi, sanoat uskunalarini tuzatadi va holatini nazorat qiladi, ishlab chiqarilgan mahsulot sifatini nazorat qiladi, CNC dastgohlarida ishlash bo'yicha texnik maslahatlar va treninglar o'tkazadi, texnik dokumentatsiya ishlab chiqadi va boshqalar.

Keyingi postlarimiz orqali CNC sohasi ustunliklari, CNC sohasini qanday o'rganish mumkinligi, CNC dasturchisi qancha topishini va boshqa qiziq ma'lumotlarni bilish imkoniga ega bo'lasiz.

Bizdan uzoqlashmang, yaqin orada sizlarga katta syurpriz tayyorlab qo'yganmiz!

Savollaringizni izohlarda qoldirishingiz mumkin.