Get Mystery Box with random crypto!

Qurtoba tojik milliy taomi 1 dona issiq patir non 300 gr q | 🎀 Mohir qollar 🎀

Qurtoba tojik milliy taomi
1 dona issiq patir non
300 gr qurt
250gr suzma
3ta pomidor
3ta bodring
3ta piyoz
250gr sariyog’
Ko’katlar

Qurtlarni mayda qilib maydalab, suzmaga qo’shgach, oz ozdan suv qo’shib suyultirib olamiz.
Pomidor va bodringni to’g’rab, achchiq-chuchuk qilib olamiz.
Sariyog’imizni tovaga solib, qizdorgach, 2ta piyozimizni to’g’rab qovurishni boshlaymiz.
Laganimizga patir nonimizni maydalab olamiz.
So’ng qurtli massamizni nonimizni ustidan quyamiz.
Qovurilgan piyozimizni ham ustidan quyib chiqamiz
Keyin achchik-chuchukimizni solamiz.
So’ng ko’kat va piyozimizni oxirida ustidan solib, qalampir bilan bezatamiz.
Judayam to’yimli bo’lgan mazzali taomimiz tayyor

Yoqimli ishtaha

@Master_klass
••••••••●○ ○●•••••••••
https://t.me/joinchat/DrFr2A7MwFwxYTJi