Get Mystery Box with random crypto!

Kaltsiy - organizda moddalar orasida ko'pligi bo'yicha oqsil, | 🎀 Mohir qollar 🎀

Kaltsiy - organizda moddalar orasida ko'pligi bo'yicha oqsil, yog' va uglevoddan keyin 4- o'rinda turadi va odam organizmdagi kaltsiy 99% suyak strukturasida fosfat ko'rinishida saqlanadi

Demak kaltsiy, organizda moddalar orasida ko'pligi bo'yicha oqsil, yog' va uglevoddan keyin 4- o'rinda turadi va odam organizmdagi kaltsiy 99% suyak strukturasida fosfat ko'rinishida saqlanadi

Kaltsiy Ko'pgina mahsulotlarda bolganligi bois, uni tashqaridan qabul qilish mumkin
Kaltsiy saqlovchi mahsulotlar:

Sardiniya baliqlari
Kunjut urug'i
Losos, konservalangan losos
Bodom
Braziliya yong'og'i
Shpinat(ismaloq) qaynatilgan yoki dimlangan
Bok choy salati
Dog'li loviya

Hozirgi kunda oldingilardan qolgan gap bo'yicha kaltsiy sut va sut mahsulotlari tarkibida Ko'p deyiladi, lekin unday emas.

Sut tarkibida kaltsiy bor faqat hom sut tarkibida. Sutga termikishlov berilgandan keyin kaltsiy passiv holatiga o'tadi va undan biz uchun hech qanday foyda yo'q, yani biz bu kaltsiyni o'zlashtirmaymiz. Sutda laktOza sut shakari Ko'p kaltsiy emas

Kaltsiy yetishmovchili belgilari:
Tish, tirnoq, Soch sinuvchanligi
Karies
Bolalarda raxit
Spazmofiliya- kaltsiy va fosfor almashinuvi buzilishining og'ziga hos ko'rinishi bo'lib, raxit kasalligida yuzaga keladi. Bu holatda qonda ionli kaltsiy va umumiy kaltsiy konsentratsiyasi pasayishini ko'rish mumkin.
Bosh aylanishi va hushdan ketish
Umurtqa va toz suyaklarida og'riq
TEZ tez suyak sinishi
Bolalarda bo'y o'sishini ortda qolishi
Asabiylik, havotirchanlik
Arterial qon bosimini pasayishi
Oyoq va orqa kurak, bel muhaklarining spazmi, yani tortishishi

Defitsit qanday aniqlanadi?
Yuqoridagi belgilar va qonda ionli kaltsiy miqdorini tekshirish orqali
Qonda albumin miqdorini pasayishi ham kaltsiy kamligiga dalolat qiladi. Ko'pincha kaltsiy kamligida albumin ham kam bo'lishi kuzatiladi, sababi kaltsiy oqsil bilan bog'lanadi

Kaltsiy kunlik dozasi karuselga joyladim

Kaltsiy formalari :
Kuchli defitsit bo'lsa bir yilda 2-3 martta kaltsiy ichib o'rnini to'ldirish kerak
Yaxshi o'zlashtirilishi uchun xelat formadagi kaltsiy ichgan maqul, sababi bu forma oqsil bilan bog'langan boladi: biglitsinat, sitrat
Buyrakda toshlarga moyillik bo'lsa: sitrat kaltsiy
Osteoparozni va yo'g'on ichak rakini oldini olish uchun Vitamin D bilan ichish kerak, yaxshi so'rilishi uchun esa VITAMIN K bilan ichgan maqul
Kaltsiy bilan magniy ichish maqsadga muvofiq
Kaltsiyni mutaxxasis nazoratida ichishni tavsiya qilaman, sababi kaltsiy tomirlarda toplanishi va mortlashtirish xususiyatiga ega

@Master_klass
••••••••●○ ○●•••••••••
https://t.me/joinchat/DrFr2A7MwFwxYTJi