Get Mystery Box with random crypto!

Diagnostik test sinovlari yo‘lga qo‘yildi Davlat test markazi | Masofaviy Ta'lim™

Diagnostik test sinovlari yo‘lga qo‘yildi

Davlat test markazi tomonidan 2021-2022-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari formatidagi diagnostik test sinovlari yo‘lga qo‘yildi.

Bu orqali abituriyentlar nafaqat o‘z bilimini sinashi, balki test materiallari (test topshiriqlari kitobi va javoblar varaqasi) bilan ishlash ko‘nikmasiga ham ega bo’lishi mumkin.

Diagnostik test sinovlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 21-yanvardan boshlanadi va har hafta o‘tkaziladi.

Test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar http://my.dtm.uz/ sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari va kerakli ma’lumotlarni kiritgan holda test variantiga buyurtma berishlari mumkin.

Test variantiga buyurtma berishda talabgorlar tomonidan quyidagi ma’lumotlar aniq belgilanishi lozim:

Qaysi fanlardan test topshirishi (mutaxassislik fanlari sifatida 2 ta fan);
Test topshirish tili;
Test topshirish hududi;
Test topshirish kuni va vaqti.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube