Get Mystery Box with random crypto!

Oliy ta’lim vazirligi 3,7 mlrd so‘mga albom chiqarmoqchi. Nash | Masofatalim™

Oliy ta’lim vazirligi 3,7 mlrd so‘mga albom chiqarmoqchi. Nashriyot ham begonamas – Ortiqxo‘jayevniki!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi “O‘zbekiston obidalaridagi bitiklar” kitob albomlarini (20 jild, 1000 nusxada) chop etish uchun “Kolorpak” MChJ bilan 3,7 mlrd so‘mlik to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma tuzgan. Ushbu shartnomaga Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-yanvardagi 6-son majlis bayoni asos qilib keltirilgan.

Izoh: mazkur 3,7 mlrd soʻmlik shartnoma 2024-yil 22-yanvarda tuzilgan. Oʻsha paytda oliy ta’limda vazir yoʻq edi. Vazirlik nomidan shartnomani Komiljon Karimov imzolagan.

“Kolorpak” ushbu kitob-albomlarni chop etgach, albomlar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi OTMlarning kutubxonalariga tarqatiladi.

Joriy yil fevral oyida vazir Qo‘ng‘irotboy Sharipov boshchiligida o‘tkazilgan vazirlik yig‘ilishida oliy ta’lim muassasalarida 630,1 ming nusxadagi oʻquv adabiyotlar yetishmasligi aytilgandi. Ya’ni katta miqdordagi o‘quv adabiyotlarga ehtiyoj bor, ammo bu qolib shuncha pulga albomlar chiqarilyapti.

Bir tomondan vazirlikni ham toʻgʻri tushunish kerakdir. Balki ularga ham tepadan albom chiqarasan va shartnomani “Kolorpak” bilan tuzasan, deb topshiriq tushgan bo‘lsa va bu bayon orqali oʻz aksini topgan bo‘lsa, bular ham nailoj topshiriqni bajarishga majbur qolgandir. Kim bilsin.

Ma’lumot uchun aytish kerak, 3,7 mlrd so‘mlik shartnomani qo‘lga kiritgan “Kolorpak” MChJ poytaxtning sobiq hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning jiyaniga tegishli ekani aytiladi. Bu korxona avvalgi yillarda bir qancha maktab darsliklarini ham chop etgan.

@masofatalim