Get Mystery Box with random crypto!

Rasmiy statistikaga ko‘ra, O‘zbekistonda bolalarning 74 foizi | Masofatalim™

Rasmiy statistikaga ko‘ra, O‘zbekistonda bolalarning 74 foizi maktabgacha ta’lim bilan qamrab olingan. Bu degani bolalarning 1/4 qismi bog‘chaga bormaydi.

Hali veri bu raqam 100 foiz bo‘lmaydi. Chunki 2024-yil yanvar oyida mas’ullar aytgan ma’lumotdan kelib chiqilsa, mamlakatda bu ko‘rsatkichni 2026-yilgacha 80 foizga, 2030-yilga borib, 100 foizga yetkazish reja qilingan. Tasavvur qilyapsizmi, 74 foizni 80 foiz qilish uchun hali yana 2 yil bor, 100 foizgacha esa 6 yil.

Shunda bog‘cha bilan qamrab olinmagan 26 foiz o‘zbekistonlik bolaning ota-onasi “ovqatini yeb bo‘lgach idishini olib borib qo‘yishni“, “navbatda turish madaniyatini” va umuman mana shu videoda aytilgan talablarning o‘rgatilishini kimdan talab qilishi kerak? Bolasi bog‘chaga bormasa, masalan, bunga sharoiti yo‘q. Yoki yaqinida bog‘cha bo‘lmasa, ular dardini kimga aytadi shunda?

Xullas, eng katta tarbiyani uyda ota-ona berishi lozim. Bog‘cha, maktab kabilar esa bunga qo‘shimcha bo‘lishi kerak. Ammo hech qachon asosiy tarbiyani bularning gardaniga yuklamaslik kerak.

P.S. Videodagi gaplar huddi oltindek yaltiragan misga o‘xshaydi. Bundan boshqa narsa emas.

@masofatalim