Get Mystery Box with random crypto!

​​ Yuz terisi parvarishi uchun kerakli maslahatlar. 1. Ajin | SARVIQOMAT

​​ Yuz terisi parvarishi uchun kerakli maslahatlar.

1. Ajinlar va qurigan yuz terisi uchun niqob.
Bir dona tuxum sarig'iga bir osh qoshiq asal va bir osh qoshiq zaytun yog'i solib aralashtiring. Xosil bo'lgan bu aralashmani yuzingizga surtib 15-20 daqiqa qoldiring. So'ng iliq suvda yuvib tashlang.

2. Qoraygan va quyoshda kuygan yuz terisi uchun niqob.
Qulupnay yoki bodring qoraygan yuz terisi uchun juda foydali. Qulupnayni yupqa qilib kesasiz va toza yuz terisiga terib chiqasiz. 10 daqiqadan so'ng yuving. Bodring ham shunday usulda ishlatiladi.

3. Yuz terisidagi ajinlar uchun niqob.
Bir dona kartoshkani qaynatib, eziladi va unga bir dona tuxum sarig'i, ikki osh qoshiq sut soling. Xosil bulgan aralashmani yuzingizga surtib 15 minut yuzda qoldiring.
keyin iliq suvda yuvib tashlang.

4. Qoraygan yoki o'ta dog'li yuz uchun niqob.
Bir dona bodringni mayda tyorkadan chiqarib bir qoshiq asal aralashtiring va yuzda 20 minut qoldiring.Agar yuzingiz quruq bulsa bir qoshiq qaymoq yoki smetana qushishingiz mumkin.

5. Ko'z atrofidagi ajinlar uchun niqoblar.
Bir dona xom kartoshkani mayda tyorkadan chiqarib, dokaga soling va ko'zlaringizga 10 daqiqacha qo'ying, keyin iliq suvda yuvib tashlang. Ikkita choy paketchalarini iliq suvda botirib keyin ko'zlaringiz ustiga 10 -15 daqiqa qo'yib yotasiz, so'ng olib tashlab iliq suvda yuvib tashlaysiz. Ko'z atrofida shishlar uchun niqob. Bir dona bodring yoki 2-3 dona qulupnayni ko'z atrofiga mayda paraklarga bo'lib terib chiqib 10 daqiqadan keyin olib tashlab ilik suvda yuvib tashlang. Bu niqob charchagan va shishgan ko'zlar uchun davo bo'lib shishlarni yo'qotishda va ajin tushmasligiga yordam beradi.

6.Yuzni oqartirish.
Yuzni oqartirishda limon suvini tuxum sarig'i va zaytun yog'i bilan aralashtirib yuzga surtish xam katta foyda beradi.

7. Qattiq kuygan va qoraygan yuz terisi uchun niqob.
Bir osh qoshiq qatiqga yarimta bodringni tyorkadan chiqarib aralashtiring va yuzingizga surting. Eslatma: faqat qatiq tuzsiz va yog'siz bo'lishi kerak.

8. Karamli niqoblar yoshartirish xususiyatiga ega bo'lib so'ligan va ajinlari ko'p yuzlar uchun eng foydali xisoblanadi. Karam barglarini bolg'acha bilan ezing va yuzingizga va bo'yningizga yopishtirib terib chiqing. 15-20 daqiqadan keyin olib tashlab sovuq suvda yuvib tashlang.
Eslatma. So'ligan ajinlari ko'p yuz va bo'yin terilarini hech qachon issiq suvda yuvmang, qanchalik sovuqroq suvda yuvsangiz shunchalik ajinlari kamayib
o'z xolatiga keladi.

Xamma niqoblarni xar kuni emas, xaftada 2-3 marta foydalaning. Boshqa vaqtda esa yuzingiz uchun maxsus vitaminli krem sotib oling.
Yuz terisiga e'tiborli bo'lsangiz yutqazmaysiz. Har kuni kechqurun albatta gel yordamida yuzingizni yuving.
Barchangizga sog'lik va go'zallik tilaymiz.

https://t.me/joinchat/AAAAAFDcvs2ME2AIJ_ykwA