Get Mystery Box with random crypto!

11-qoida Sham va oazis Kechqurun kitob o’qiganingizda oldi | Mashqqatli yo'l Muvaffaqiyatga yetaklaydi

11-qoida

Sham va oazis

Kechqurun kitob o’qiganingizda oldingizga sham yoqib qo’ying. Bu sizga sokin va rohatbaxsh holatni bag’shida etadi. Uyingizni tashqi yovvoyi dunyodan oazisga aylantiring. Va uni yaqin do’stlaringiz, ajoyib kitoblar va musiqa bilan to’ldiring.

12-qoida

Qadamlaringizni sanang

Diqqatni jamlash va konsentratsiyani oshirish uchun yurgan yo’lingizda qadamlaringizni sanang. Birinchi olti qadamda chuqur nafas oling, keyingi olti qadamda nafasingizni ushlab yuring va undan keyingi olti qadamda nafasingizni chiqarib boring. Agar olti qadam siz uchun qiyinchilik tug’dirsa, o’zingizga qulay bo’lgan raqam bilan mashq qiling. Siz o’zingizni tetik va qalban hotirjam his etasiz. Ko’pchiligimiz miyamizda keraksiz suhbatlarni olib boramiz. Shuning uchun barcha buyuk shaxslar muhim masalalarga osonlik bilan e’tibor qarata oladigan ravshan va aniq fikrlash kuchini tan oladilar.