Get Mystery Box with random crypto!

* * * Muhabbat, sen chiroyli, Muhabbat, sen go'zalsan. Tag'in | 🕋koz munchoq 🕋kanalemizga xu kilibsizlad🕋

* * *

Muhabbat, sen chiroyli,
Muhabbat, sen go'zalsan.
Tag'in bir zum turaylik,
Gapirmayman, uyalsang...

So'ng ketarmiz. Sezdimki
Men orzuga yetmadim.
Seni shunday sevdim-ki
Qo'lingdan ham tutmadim.

Qo'ling... sening qo'llaring,
Muloyimdir ehtimol.
Ayri tushdi yo'llarim,
Sevar yorim, yaxshi qol.

Muhabbat, unut meni,
Va men ham... unutgayman.
Tushlaringda kut meni,
Tushlaringga kirgayman...

Muhabbat, sen chiroyli,
Muhabbat, sen go'zalsan.
Kel, ko'rishib turaylik,
Salomlashmay, uyalsang.

Muhammad Yusuf