Get Mystery Box with random crypto!

Maʼrufxoʻja | Blog

Telegram kanalining logotibi marufxoja_blog — Maʼrufxoʻja | Blog M
Telegram kanalining logotibi marufxoja_blog — Maʼrufxoʻja | Blog
Kanal manzili: @marufxoja_blog
Toifalar: Ko‘ngilchak
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 66
Kanalning ta’rifi

"Kichik maydondagi katta(roq) mavzular"
(10 kunda qaytamiz)
💠 Instagram: https://www.instagram.com/marufxoja_abdurazzskovs

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-05-16 18:16:02
Ona zaminim - Baxmal

Telegramimga bir qator fotosuratlar kelib tushdi.Rasmlarni ochganimdanoq yuzimga kayfiyat yugurdi. Vahobjon Abdug'aniyev akamizning kamera obyektivi tanlovda adashmaganliklaridan mamnunman. Hammaniki o'ziga,oy ko'rinar ko'ziga demang-u, ko'pgina viloyati
hamda tumanlarga borganman,tabiatini ko'rganman. Borgan tumanlarimda hech uchratgan emasman,Baxmal kabisini.Havosi toza,odamlari mehmondo'st,tabiati go'zal makonimiz baribir "boshqachada-boshqacha". Bu zamin havosida ulg'ayayotganimizdan faxrlanamiz.Keling Baxmalga,tabiat qo'ynida-a-a, osh yeymiz!


Shunchaki emas,e'tibor bilan boqing!
#Jizzax | #Baxmal

Sahifamizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram | Facebook
244 views15:16
Ochish/sharhlash
2022-05-13 20:57:13 Uyqu bosgan ko'zlar

Ba'zida nima qilayotganingni ham bilmay qolasan kishi.Maqsadlaring tomon harakat qilish ham yoqmay qoladi ba'zida.Ba'zida atrofingdagilarning o'z kelajagi uchun qilayotgan harakati va intilishini ko'rib, "Men o'z kelajagim uchun harakat qilayabmanmi o'zi?" deb gumonli savolni o'zimizga tutqazamiz,shoshib. Yarim qadam tashlaymiz-u, e qiyin ekan,qo'limdan kelmadi deya ortga chekinamiz,g'amginlik bilan. Qo'limizdan keladi ammo oldinga siljishga erinamiz.Ha, biz erinchoqmiz. Qo'limizdan kelsada ba'zida kimdir yordam so'rab kelishsa,uni inkor etamiz,qilolmayman deb.O'ta ketgan razilligimiz,o'z o'zimizga bo'lgan xoinligimiz kun kelib jar yoqasiga boshlaydi bizni. Kimgadir o'xshashga harakat qilamiz,masxaraboz kabi. Do'stlar davrasida o'zimizdan o'ta ketgan "kitobxon,aqlli,dono,taqvoli kishi" yasab olamiz.Ijtimoiy tarmoqlarda esa diniy dunyosi (tushunchasi,ilmi) keng,"muslim" va "muslimalarmiz" o'zimizcha. Hayotda esa oddiy bir tuban,rioyasiz va oddiy insonlarmiz.O'zligimizdan qochamiz,negaligin bilmaymiz o'zimiz ham izlab ming bora.
Do'stim Yuriy,tinchlan.Qaysi yo'ldan ketayotganliging haqida bugun o'yla,tahlil qil.Sen albatta,samoni quchasan hali. Xalq uyquchi bo'lsa,sen budilnik bo'l.Uyqu bosgan ko'zlarni,uyg'ot...

- Ko'ringaning kabi bo'lma,asling kabi ko'rin.

Muallif : Ma'ruf Xo'ja

Sahifamizga obuna bo'ling:

Telegram | Instagram | Facebook
148 viewsedited  17:57
Ochish/sharhlash
2022-05-03 18:49:28 Momomning zamonasi
(Hikoya)

Momomdan ko'p so'rayman,avvalgi va hozir zamon qizlari haqinda,yalinib fikrin.Ha,ul zamon qizlari baribir boshqacha bo'lishgan,boshidan do'ppi,qoshidan esa o'sma,ustidan adras tushmagan o'tmishning ul zamon qizlari haqida entika-entika so'zlay ketadi momom: "Erkak kishini ko'rganda,toki ul zot o'tib ketmaguncha yo'lini qiyib o'tishga botinmagan o'sha zamon ayol va qizlari". Hozirgilar-chi,momo?
- Qo'ygin bolam,tushunmadim bul zamon qizlariga.
- Nimasiga?
- ....
Sukut saqlab,biroz o'yga botadi momom. Savolim javobsiz qoladi nechun bilmam. Momom hozirgi zamon insonlari haqida gap ketganda doim jimib qoladi. "Hozirgilarga tushunmayman..." olganlarim shu qisqa javob. Balki,haqiqatan hozirgilar avvalgilardan boshqa-boshqadir,ammo hozir 21-asr.Lekin momomning ham gap-so'zlarida jon bor,e'tirozim yo'qdir hech aslo. Mentalitetini unutgan hozirgilar,o'zgargan nechun. Soxtalikka burkangan zamon,qaysi biri asldir bilmam.
* * *
Hovlining to'rida bukchayganicha,to'kilgan olmani to'rtga bo'lib,to'g'rab o'tiradi momom. To'g'ragach, tom ustiga olib chiqib,quyoshga toblab qo'yadi. Qishda,nevaralari kelib qolishsa,barchasiga bo'lib beradi,saxiy kampir, o'rik-u,qoqilardan. Devorga osilgan oq-qora rasmlar haqida so'zlay ketadi: "Anavi sening otang,bunisi amaking...".

Muallif : Tariximiz,o'tmishimiz o'chmas barhayot. Yevropaga taqlid qilmang,sizning taqlid qilishga arziydigan tarixingiz,o'tmishingiz bor. Biz o'zbekmiz,nechun qilmog'imiz kerak boshqaga havas.Milliy g'ururimizni himoya qilish va milliy an'analarimizga sodiq bo'lmog'imiz kerak!

Ma'ruf Xo'ja "Momomning zamonasi" hikoyasi

Sahifamizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram | Facebook
186 viewsedited  15:49
Ochish/sharhlash
2022-05-02 14:20:11
Assalomu alaykum

Ramazon hayit ayyomi qutlug' bo'lsin. Jamiyatimiz rivojlanishida,yoshlarimiz izlanishida ularga dadillik hamroh bo'lsin. Shu kunga qadar menga kim samimiyat i'la arzimagan tabassum,arzimagan yordamini ayamagan bo'lsa va yoki kayfiyatim bo'lmagan onlarda yaxshi so'zlari bilan yuzimda kayfiyat paydo bo'lishiga sababchi bo'lgan bo'lsalar,barchalari qiyomatda jannat sohib va sohibalari bo'lishsin. Ustozlarim,ota-onam,do'stlarim va yordam so'rasam og'rinmasdan qo'lini cho'zgan barcha yaqinlarimga minnatdorchilik bildiraman,Alloh rozi bo'lsin. Oila a'zolaringizni kamina nomlaridan tabriklab qo'ying!

Alloh ilmimizni ziyoda qilsin

Ma'rufxo'ja Abdurazzoqov

Sahifamizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram | Facebook
179 viewsedited  11:20
Ochish/sharhlash
2022-04-25 15:45:20
#yangimutolaa / #newreading
Navbatagi mutolaa - Javlon Jovliyev - "Qo'rqma"

Navbatagi mutolaaga, yozuvchi, Javlon Jovliyevning "Qo'rqma" romanini ma'qul deb topdim. Kitob do'koniga boshqa bir kitobni xarid qilish uchun borgan edim,tasodifni qarang,ushbu kitobga ko'zim tushib qoldi.Avval bu kitob haqida eshitganman-u,ammo o'qib ko'rgan emasman.Ha,mayli, tasodif ham yaxshilikka bo'ldiku!

Mutolaani yakunlagach,albatta urfa ko'ra xulosamni ham bo'lishaman.Balki, xulosamdan so'ng sizda ham shu kitobga qiziqish paydo bo'lar
.

Sahifamizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram | Facebook
191 views12:45
Ochish/sharhlash