Get Mystery Box with random crypto!

Ona,tug'masang bo'larkan meni – ona tomonidan qiynoqqa solinga | Maʼrufxoʻja | Blog

Ona,tug'masang bo'larkan meni – ona tomonidan qiynoqqa solingan go'dak nolasi

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari o'rtasida katta shov-shuvga aylangan ushbu video meni ham shokka tushirmasdan qo'ymadi. Haqorat qilish joiz bo'lganida,uch nuqtadan so'ng "sennaqa onaning" degan bo'lar edim. Osmondan tushmagandir,laylak tashlab ketmagandir sening bolangku o'sha,vijdonsiz!

Millatning qoloq qatlamidagi insonlari qilgan ishlar oxirgi paytlarda ortib bo'rayabdi. So'ngi marotaba «Tarbiyalanuvchining bog'chada kaltaklangani» videosini ko'rganimda, ba'zi ayollar so'ngi paytda haqiqiy "zoombi"ga aylanib borayotganligiga amin bo'lgan edim. Bu-chi,haqiqiy fojea emasmi?

Kimlardir tirnoqqa zor. Ba'zi kimlardir esa mavzuimizdagidek aksincha.
Eh bola-ya,bola-ya,bola!

Tasvirdagi fuqaro ayol,Samarqand viloyatidan ekanligi aytilmoqda

Sahifamizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram | Facebook